Pluton (sayyora)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pluton

Pluton — Quyosh sistemasiaa Quyoshdan uzokligi boʻyicha toʻqkizinchi sayyora. P. 14—15-yulduz kattaligidagi sariq yulduz. Uni 1930 y. amerika astronomi K. Tombou kashf etgan. Astronomik belgisi R. Quyoshdan oʻrtacha uzokligi 39,4 astronomik birlikka teng (29 a. b.dan 49 a. b. gacha oʻzgarib turadi). Orbitasining ekssentrisiteti 0,253, ekliptikaga ogʻmaligi 17"8’. Quyosh atrofini 247,7 yilda (oʻrtacha 4,7 km/s Pluton va uning yoʻldoshi Haron. Koʻrinishdan suv muzi bilan qoplangan tosh yadrolardan iborat tezlik b-n) toʻla bir marta aylanib chiqadi. P. 1979 y.dan 20-a. oxirigacha Neptunga nisbatan Quyoshga yaqin boʻlgan. Yerdan ancha uzoq boʻlgani uchun uning tabiatini oʻrganish qiyin. Tabiiy tu-zilishi katta sayyoralar — Yupiter, Neptun va >/>yaknikidan keskin farq kiladi. P. diametri taxm. 3000 km, massasi 1,791022 kg , zichligi 2100 kg/m3. P.ning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri 6,3 sutka. 1978 y.da amerikalik astronom Jeyms Kristi P.ning yoʻldoshi Haronni kashf etdi (q. Sayyoralar).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil