Pistadoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pistadoshlar (Anacardiaceae) — ikki pallalilar sinfiga mansub daraxt va butalardan iborat oʻsimliklar oilasi. 60 turkumi, 500 ga yaqin turi bor. Asosan, tropik va subtropik hududlarda tarqalgan. Oʻzbekistonda 4 turkumi uchraydi. Shundan 2 tasi (pista va totim) yovvoyi hodda oʻsadi; 2 tasi (Cotinus toxicodendron) ekiladi. Gullari toʻgʻri, bir yoki ikki jinsli, gul-qoʻrgʻoni murakkab (baʼzan oddiy), kosacha va gultojibarglari 3 yoki 5 ta, changchilari 6 yoki 10 ta. Barglari oddiy yoki murakkab, qaramaqarshi yoki ketma-ket joylashgan. Mevasi — pista yoki yongʻoqcha.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil