Paul Cézanne

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Paul Cézanne
Paul Cézanne 160.jpg
Avtoportret (1875)
Haqiqiy ismi Paul Cézanne
Tavalludi 19-yanvar, 1839-yil(1839-01-19)
Aix-en-Provence
Vafoti 22-oktabr, 1906-yil(1906-10-22)
(67 yoshda)
Aix-en-Provence
Millati Fransuz
Sohasi Badiiy tasvir
Oqim Post-Impressionizm
Mashhur suratlari Rideau, Cruchon et Compotier, 1893-94
Oʻrmon (surat), 1902-04


Paul Cézanne (Pol Sezann, 19-yanvar, 183922-oktabr, 1906) - fransuz post-impressionist musavvir. Uning ishlari 19 va 20 asrlar oraligʻidagi badiiy tasvir konsepsiyalariga asos boʻlgan. Obrazli qilib aytganda, Cézanne 19 asr impressionizmi bilan 20 asr kubizmi orasidagi koʻprik boʻldi. Shu xususda Matisse va Picasso Cézanne "...bizning otamiz edi..." deb aytishgan.

Cézanne'ning suratlari rang va kompozisiya orasidagi aʼlo mutanosiblikni namoyish etadi. Uning hissiyotlarga toʻla asarlari koʻzga darhol tashlanadi. Bir necha qavat rang hamda ingichka moʻyqalamlar ishlatib chizilgan suratlarida kuzatilgan tabiat va bu kuzatuvdan hosil boʻlgan abstrakt hissiyotlarni berish orqali Cézanne inson ongining vizual maʼlumotni qabul qilishdagi majmualikni koʻrsatadi goʻyo.

Galereya[tahrir]