Pablo Picasso

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻtish: foydalanish, Qidir
Pablo Ruiz Picasso
Pablo picasso.jpg
Haqiqiy ismi Pablo Diego José Francisco de Paula Juan Nepomuceno María de los Remedios Crispín Crispiniano de la Santísima Trinidad Ruiz y Picasso
Tavalludi 25 oktabr, 1881
Malaga, Ispaniya
Vafoti 8 aprel, 1973
Mujen, Fransiya
Sohasi rassom, haykaltarosh, grafikchi, keramikachi va dizayner


Pablo Ruiz Picasso (talaffuzi Pablo Ruis Pikasso, 25 oktabr 1881, Malaga, Ispaniya8 aprel 1973, Mujen, Fransiya), toʻliq ismi Pablo Diego José Francisco de Paula Juan Nepomuceno María de los Remedios Crispín Crispiniano de la Santísima Trinidad Ruiz y Picasso (talaffuzi Pablo Diego Hose Fransisko de Paula Huan Nepomuseno Mariya de los Remedios Krispin Krispinyano de la Santisima Trinidad Ruis i Pikasso) — ispan rassomi, haykaltarosh, grafikchi, keramikachi va dizayner.

[tahrir] Biografiya

La-Korunya (18941895), Barselona (1895-y.dan), Madrid (18971898) shaharlarining san'at maktablarida tahsil olgan. 1904-yildan boshlab Parijda yashagan.

1907-yildan Jorj Brak bilan birgalikda kubizmning asoschisi. Bunda uch yuzali tana original ravishda bir qator yagonaga qoʻshilgan yuzalar kabi chizilgan. Pikasso grafikchi, haykaltarosh, keramikachi va hokazolar sifatida koʻp ishlaydi. Juda koʻp taqlidchilarni hayotga keltiradi va XX asr tasviriy san'atining rivojlanishiga alohida ta'sir koʻrsatadi.

Ikkinchi jahon urushi paytida Olmoniya tarafidan okkupatsiya qilingan Fransiyada qolgan.

Xalqaro Tinchlik mukofoti (1950) va "Xalqlar oʻrtasida tinchlikni mustahkamlagani uchun" Xalqaro Lenin nomidagi mukofotining (1962) sohibi.

Huan Gris tomonidan ishlangan Pikassoning portreti (1912)

[tahrir] Galereya

[tahrir] Havolalar

Koʻrinishlar<!--Views-->
Shaxsiy uskunalar
o‘zgarishlar / ўзгаришлар