Kubizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Juan Gris, Qahvaxonadagi kishi, 1914.

Kubizm (frans. Cubisme) tasviriy sanʼatdagi modernist yoʻnalish boʻlib, XX asr boshida yuzaga kelgan. Real jismlarni stereometrik primitivlarga ajratish va geometrik shartli shakllarni ishlatish bilan xarakterlanadi.

Kubizm (kub soʻzidan) — Yevropa tasviriy sanʼati (koʻproq rangtasvir)dagi modernistik oqim; 20-a. 1-choragida yuzaga kelgan. Dastlab Fransiyada paydo boʻlgan (1908—10). K. sanʼatning realistik anʼanalaridan voz kechib, hajmli shakllarni loyihalash vazifasini birinchi oʻringa qoʻyadi. Namoyandalari P. Pikasso, J. Brak, X. Gris, J. Gri va b. Narsalar dunyosi handasiy hajm (kub, shar, silindr, konus)larning oddiy majmui koʻrinishlarida tasvirlanadi. Tekis yuzada zich joylashgan qirrali hajmlar relyefga oʻxshab ketadigan shakl hosil qiladi, bunda ranglar ayrim qirralarni ajratib shaklni maydalabkoʻrsatadi. P. Pikassoning dramatik butunlikkacha koʻtarilgan asarlarida K. ning hissiy obrazli xususiyatlari koʻzga tashlanadi. Koʻplab yirik realist rassomlar D. Rivero, R. Guttuzo va boshqalar K. taʼsirini yengib oʻtgan.

K. oʻzidan keyingi formalistik oqimlarga taʼsir etgan (koʻp holdarda abstrakt sanʼatta oʻtish bosqichini oʻtagan).[1]


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil