Umar al-Bashir
| Mansabda |
|
| 16-oktabr 1993 dan beri |
|
| Yordamchi(lar) | Salva Kiir Mayardit Ali Usmon Taha |
|---|---|
| Avvalgi prezident | Ahmad al-Mirgʻoniy |
|
Tavalludi |
1-yanvar, 1944 (68 yoshda) Hosh Bannaga, Ingliz-Misr Sudani |
| Siyosiy partiya | Milliy Kongress |
| Turmush oʻrtogʻi | Fotima Xalid |
Umar Hasan Ahmad al-Bashir (arab. عمر حسن أحمد البشير, tavalludi: 1-yanvar, 1944) Sudan Prezidenti hamda Sudan Milliy Kongress firqasi raisidir. Hukumat tepasiga 1989-yilgi toʻntarilish natijasida kelgan, bungacha u Sudan Qurolli Kuchlari polkovnigi edi.
Umar al-Bashir hukumati 2004-yili Janubiy Sudanga muxtoriyat berib, XX asr ikkinchi yarmining eng qonli urushlaridan biri boʻlmish Sudandagi ikkinchi fuqarolar urushini yakunlashga muvaffaq boʻldi. Biroq al-Bashir hukumati Darfur ziddiyati va unda 200 000 dan 400 000[1] gacha odam oʻlimiga olib kelgan qatliom uchun masʼul koʻrilib, qatʼiy tanqid qilinmoqda. Ish hatto Xalqaro jinoiy mahkamasi (XJM) tomonidan al-Bashirni hibsga olish haqida qaror chiqarilishiga olib keldi (4-mart, 2009),[2] lekin Umar al-Bashirning oʻzi bu qarorni va umuman XJMni tan olmasligini taʼkidlamoqda. XJMning qarori tarixda ilk bor amaldagi hukumat rahbariga qaratilgandir.