Oynatosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oynatosh, sangi oyna — tekis yuzali koʻzgusimon tosh. Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati Botkent tumanidagi Qorabogʻ qishlogʻidan 800 m chamasi janubi-sharqda, Turkiston tizmasining shimoliy yon bagʻrida joylashgan. Uning yaqinidan YaypanShoʻrsuvBotkent avtomobil yoʻli oʻtadi. O. toʻgʻrisidagi yozma maʼlumotlar "Boburnoma"da ham keltirilgan. Bobur oʻz asarida shunday yozadi: "...Isfaraningbir narida janub sori pushtalarning orasida bir parcha tosh tushubdur, "sangi oyna" derlar, uzunligʻi taxminan oʻn kari boʻlgʻay, balandligʻi, baʼzi yeri kishi boʻyi, pastligʻi baʼzi yeri kishining beliga boʻlgʻay, oynadek har nima mungakis boʻlur". O. haqida mahalliy aholi oʻrtasida turli rivoyatlar toʻqilgan. O. paleozoy davrining kremniyli slanetslaridan tuzilgan boʻlib, uz. 18 m, eni 2 m cha. Qiyaligi 38—48° boʻlgan, jan.ga qaragan yaxlit tosh. Toshning yuzasi oynasimon, tekis boʻlganligidan unda barcha predmetlarning aksi aniq koʻrinadi. O. tektonik uzilmaning yuzasida hosil boʻlgan. Uning yuzasidagi "chandiqlar" uzilma yuzasida boʻlgan siljishlarning guvohidir. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil