Otabek Muhammadzohid
Otabek Muhammadzohid | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
24-mart 1974-yil |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi |
Otabek Muhammadzohid (asl ismi: Otabek Mamazoitov; 1974-yil 24-mart, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) — oʻzbek estradasi xonandasi, bastakor,shoir, O‘zbekiston xalq artisti. Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Fargʻona viloyat bo‘limi rahbari[1].
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1974-yil 24-martda O‘zbekiston Sover Sotsialistik Respublikasi Farg‘ona viloyatida ziyolilar oilasida (jami 2 farzand, aka-singil) to‘ng‘ich farzand bo‘lib dunyoga kelgan. Singlisi O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova[2]. Yoshligidan musiqaga qiziqishi bo‘lganligi sabab 4 yoshidan doira, akkordeon va Farg‘ona shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabida rubob ijro etishni o‘rgangan. Farg‘ona davlat universitetida Tavakkal Qodirov qo‘lida tahsil olgan. Uning 3 qizi va bir o‘g‘li bor. 2014-yil Turkiya davlatining Denizli shahrida “Turkcha nigoh” nomli an’anaviy xalqaro festivalida ishtirok etgan.[3]
Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Mamadali Mamazoitov (Muhammadzohidov) — otasi;
- Gulsanam Mamazoitova (O‘zbekiston xalq artisti) — singlisi.
Konsert dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 2008-yil ilk yakkaxon konsert dasturi;
- 2014-yil 15–16-iyun "Istiqlol" san’at saroyida jonli konsert dasturi;[4]
- 2023-yil "Yangi yil" nomli konsert dasturi.
Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2021[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Shifokorlar
- Diloro
2022[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Na darkor?
- Qora ko‘zim
2023[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Manga nima?
- Farg‘onacha lazgi
- Kujo
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Xonanda Otabek Muhammadzohid lavozimga tayinlandi“. Qaraldi: 13-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Otabek Muhammadzohid Gulsanam Mamazoitovaning davlat tadbirlarining yakuniy qo‘shiqlarni kuylamayotganiga izoh berdi“. Qaraldi: 13-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Xonanda Otabek Muhammadzohid Turkiyadagi “Turkcha nigoh” xalqaro festivalida ishtirok etadi“ (2014-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 8-yanvar.
- ↑ „Iyun oyida Otabek Muhammadzohid jonli ijroda konsert beradi“ (2014-yil 29-may). Qaraldi: 2024-yil 8-yanvar.