Oligopoliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oligopoliya — tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi.


Oligopoliya (oligo... va yun. poleo — sotaman) — bozorni tashkil etish shakllaridan biri. Guruh monopoliyasi, oz sonli yirik korxona (firma)larning bozorda yoki bironbir xoʻjalik soxasida hukmronligi.

O. uchun bozorda bir necha sotuvchining boʻlishi xos, ammo umumiy bozor sav-dosi hajmida ulardan har birining hissasi juda katta boʻlganidan, har bir sotuvchi oʻzi taklif etadigan mahsulotlar miqdorini oʻzgartirishi bilan narxlarda ham oʻzgarishlar yuz beradi.

Firmalarning uncha koʻp boʻlmasligi yashirincha kelishishlarga qulaylik tugʻdiradi. Bu esa, oʻz navbatida, ularga nar-xlarni belgilash, bozorni boʻlish yoki taqsimlash va boshqacha yoʻllar bilan oʻzaro raqobatni cheklashda qoʻl keladi. Yashirincha kelishishning bir qator shakllari (kartel bitimi va b.) bor. Monopoliya kabi O. ham nomukammal raqobat koʻrinishi hisoblanadi. [1]

Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga Oʻzbekistonda sement (asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), koʻmir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Shargʻun) va Boysun (Toʻda) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil