Narx

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.


Narx, baho — tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda N.ni qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning puldagi ifodasi deb qaralgan. 21-a. boshlaridagi nazariyalar N.ni pulning miqdoriy nazariyasi asosida izoxlab, N.ga harajatlar, tovarning nafliligi va raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi. N.ni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga boʻlgan talab va taklift bogʻliq. N. faqat qiymatni emas, balki talab va taklif, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va b. tovarlar oʻrnini bosa olishi, muomaladagi pulning harid qobiliyatiga ham bogʻliq. Binobarin, N. qiymatdan miqdoran farqlanadi. Mahsulot tannarxi har qanday N.ning asosi boʻlib, mahsulotning hayotiy sikli davomida uning N.idagi oʻzgarishlarga katta taʼsir koʻrsatadi. N. miqdori harajatlarga va tovar sifatiga toʻgʻri mutanosiblikda, rakrbatning shiddatiga esa teskari mutanosiblikda turadi. Bozor iqtisodiyotida N. bir nechta vazifalarni bajaradi: 1) hisob-kitob va oʻlchov vazifasi —N. vositasida qilingan harajatlar, olingan natijaning puldagi miqdori aniklanadi. Harajatlar ishlatilgan resurslar miq-orini uning N.iga koʻpaytirish opkali hisoblanadi; 2)ragʻbatlantirish vazifasi — N. ning oʻzgarishi i.ch. hajmini oʻzgartiradi. Talab N.ga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. N. pasaysa talab ragʻbatlantiriladi, aksincha, N. oshsa (boshqa shart-sharoit oʻzgarmagan takdirda) taklif ragʻbat oladi. N.dagi oʻzgarish ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarga ishtiyoq bagʻishlaydi; 3)raqobat vositasi vazifasi — N. raqibni bozordan si-qib chiqarish va bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Raqo-batchilar N.ni oʻzgartirib turish, uni sharoitga qarab turlicha belgilash or-qali oʻzaro bellashadilar. N. raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi hisoblanadi; 4) iqtisodiyotni tar-tiblash vazifasi — N. bozor mexanizmidagi asosiy iqtisodiy dastak yoki vosita. N. oʻzgarishiga qarab nimani va qancha i.ch. kerakligi aniklanadi. Muayyan tovarlar N.ining oshishi ularni koʻplab i.ch. kerakligini bildiradi, aksincha, N.ning pasayishi tovar i.ch.ni kamayishi yoki umuman toʻxtatilishi lozimligini anglatadi. N.ga qarab bozori kasod tovarlardan voz kechilib, bozori chaqqon tovarlarni i.ch.ga oʻtiladi. Bu esa resurslarning bir sohadan ikkinchisiga oqib oʻtishi-ga, eski soha qisqarib, yangi soxaning tez rivojlanishiga olib keladi. N. resurslarni qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni tartiblaydi.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisida qullanilishi N. tizimini yaratadi. Milliy iqtisodiyot holatini hisoblashda joriy va qiyosiy N.lar qoʻllaniladi. Joriy N.lar amaldagi N.lar boʻlib, ular yordamida yil davomidagi i.ch. natijalari hisoblanadi. Qiyosiy N.larda maʼlum yil asos qilib olinib, i.ch.ning natijalari shu N.da hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. Joriy N.lar inflyasiya tufayli oʻzgarishi va real iqtisodiy natijani koʻrsatmasligi sababli yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va sh. k. koʻrsatkichlar dinamikasi qiyosiy N.larda hisoblanadi.

N. qaysi bozorda amal qilishi, kimga moʻljallanganligi va qaysi maqsadni koʻzlashiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi.

Erkin bozor N.i (muvozanatli N.) — erkin bozorda sotuvchilar va haridorlar koʻpchilik boʻlganidan ulardan hech biri oʻzi xoxlagan narxni oʻrnatolmaydi. Bu yerda talab-taklif nis-batiga qarab erkin savdolashuv N.i, yaʼni muvozanatli N. yuzaga keladi; monopol N. — monopol bozorda so-tuvchi yoki haridor ozchilik yoxud tanho boʻlganida ular xoxlagan N. oʻrnatiladi. Bu bozorga zoʻrlab kiritiladigan N. boʻlib, odatdagi N.lardan yuqori boʻla-di va monopol foyda olishga xizmat qiladi; Ulgurji N. — tovar ishlab chikaruvchilar savdo firmalariga to-varlarni bir yoʻla koʻtarasiga sotishida qoʻllanadi. Tovar birjalari va savdo uylarida ham ulgurji N.lar qoʻllanadi; shartnoma N.lari — sotuvchi va haridorlarning roziligi bilan belgilanadigan va oʻzaro tuziladigan shartnomada koʻrsatiladigan N. Bunday N., odatda, shartnoma muddati amal qila-digan davrda oʻzgarmaydi. Koʻproq mil-liy va xalqaro bozorlarda qoʻllanadi. Chakana N. — tovarlar bevosita is-teʼmolchilarga yakkalab sotilgan chogda qoʻllanadi va miqdori ulgurji N.dan yuqori boʻladi; Preyskurant N. — haridor uchun bildirgich yoki maʼlumot-noma N. boʻlib xizmat qiladi va haqiqiy N. preyskurantlar (koʻrsatkichlar)da eʼlon qilingan N. atrofida boʻlishini anglatadi; D otatsiyalangan N. — davlat byudjeti hiso-bidan maxsus arzonlashtirilgan, bozor N.idan pastroq qilib belgilangan N., N.dagi farq byudjet beradigan dotatsiya bilan qoplanadi. Bu N.ni oʻtish davrida turgan mamlakatlarda davlat aholini ijtimoiy himoyalash uchun qoʻllaydi; Demping N. — bozorda oʻz mavqeini mustahamlash va ra-qiblarni siqib chiqarishda qoʻllanadigan maxsus pasaytirilgan N., xalq-aro bozorlarda koʻproq qoʻllanadi.

Bozor koʻlamiga koʻra, N.lar xududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor N.lar i ga boʻlinadi. Hududiy N. — faqat maʼlum hududiy bozorga xos boʻlib, u shu hudud doirasidagi omillar taʼsirida hosil boʻladi. Milliy bozor N.i — bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiya-tini aks ettiruvchi N.lardir. Xalq-aro N. — muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning nafliligi jihatidan jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xa-lkaro bozordagi talab va taklif nis-batini hisobga oladi.

N.lar farqining miqdoriy ifodasi N. diapazoni deyiladi. N. diapazoni N.lar oraligʻining puldagi ifodasidir. N. diapazoni quyi, oʻrta va yuqori N.larni oʻz ichiga oladi. Bu diapazon qanchalik katta boʻlsa, tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, talab bilan N. oʻzaro bogʻlanadi. Iqtiso-diyot birbiriga bogʻliq va yagona boʻlga-nidan turli tovarlar va xizmatlar N.lari birbirini yuzaga chikaradi, toʻldiradi va oʻzaro taʼsir koʻrsatadi. Ularning har biri oʻzi bilan bogʻliq keyingi mahsulot harajatlarini shakllantiradi. Koʻpgina sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurlar (metall, neft, kumir, gaz, yogʻoch, bugʻdoy, paxta kabi tovarlar) N.ining oʻzgarishi bozordagi jami N.lar nisbatiga taʼsir koʻrsatadi.

Ahmadjon Oʻlmasov.[1]

Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil