Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan sportchilarga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 26-aprel.

„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni — jahon chempionlari hamda rekordchilariga, Olimpiada va Osiyo oʻyinlari sovrindorlariga, shuningdek sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan boshqa sportchilarga beriladi[1][2][3][4].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
  • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida yugurish yoʻlkalari va futbol maydoni fonida mash’ala, pastki, oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab “XIZMAT KO'RSATGAN SPORTCHI” degan yozuv joy olgan.
  • Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
  • Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Sohiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]