Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik xodimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik xodimi“ faxriy unvoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlarga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 26-aprel.

„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik xodimi“ faxriy unvoni — qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi sohasining, qishloq xoʻjalik ilmiy-tadqiqot muassasalari va oʻquv yurtlarining qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga beriladi[1][2][3][4]..

Sohiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
  • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida balandlik uzra taratib turgan quyosh fonida egatlar olingan dala va traktor, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „XIZMAT KOʻRSATGAN QISHLOQ XOʻJALIK XODIMI“ degan yozuv joy olgan.
  • Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
  • Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]