Nurmuxammet Nig‘matullin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nurmuxammet Nig‘matullin
boshqirdcha: Нурмөхәммәт Мәғәфүр улы Ниғмәтуллин
Unvoni muftiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1946-yil 8-dekabr
Vafoti 2019-yil 26-iyun
Dini islom
Millati boshqird
Fuqarolik Sovet Ittifoqi Sovet Ittifoqi
Rossiya Rossiya

Nurmuxammet Magʻafur oʻgʻli Nigʻmatullin (boshqirdcha: Нурмөхәммәт Мәғәфүр улы Ниғмәтуллин; 1946-yil 8-dekabr — 2019-yil 26-iyun) — rossiyalik-boshqird din va jamoat arbobi. Muftiy va Boshqirdiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi (1992—2019).

Boshqirdiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik konferensiyasi, Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idoralarining Oliy muvofiqlashtiruvchi markazi, Butunjahon boshqirdlar qurultoyi ijroiya qoʻmitasi, Boshqirdiston Rossiya Qizil Xoch Jamiyati respublika tashkiloti prezidiumi aʼzosi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nigmatullin Nurmuxamet Magafurovich Boshqird ASSR Sibay shahridagi mullalar oilasida tugʻilgan.

19711975-yillarda Buxorodagi Miri Arab madrasasida tahsil olgan. Shundan so‘ng Toshkent shahridagi Imom al-Buxoriy nomidagi Islom institutiga o‘qishga topshirilib, uni 1979-yilda imom-xatib, ilohiyotshunos mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

19791983-yillarda SSSRning Yevropa qismi va Sibir musulmonlari diniy boshqarmasining masʼul kotibi boʻlgan[1].

19801982-yillarda Damashq (Suriya) da „Islomiy murojaat“ islom institutida tahsil olgan.

19831992-yillarda Ufa jome masjidining imom-xatibi.

1992-yil 21-avgustda Boshqirdiston musulmonlari qurultoyida yangi tashkil etilgan Boshqirdiston Respublikasi diniy boshqarmasining muftiysi va raisi etib saylangan.

2019-yil 28-aprelda Nurmuxamet Nig‘matullin isteʼfoga chiqqani maʼlum bo‘ldi[2]. 2019-yil 29-aprelda Aynur Birgalin SAM RB raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan[3]. Soʻng Nigʻmatullin muftiylikda maslahatchi lavozimini egalladi.

Nurmuxamet Nigʻmatullin 2019-yil 26-iyun kuni Ufa shahrida vafot etgan. Oʻlim sababi — ichaklar operatsiyasi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Statya v Bolshoy biograficheskoy ensiklopedii
  2. „Муфтий Башкирии подал в отставку“ (ru). realnoevremya.ru. 2019-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
  3. „В Духовном управлении мусульман Башкортостана сменился глава“ (ru). realnoevremya.ru. 2021-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-aprel.
  4. Тимур Рахматуллин. „Не оправился после операции: заупокойную молитву по экс-муфтию Башкортостана возглавит его соратник“ (ru). "Реальное время". realnoevremya.ru (2019-yil 26-iyun). 2019-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]