Nishon Qiyomov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nishon Sodiqovich Qiyomov
Tavalludi 9-may 1959-yil (1959-05-09) (64 yosh)
Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi musiqachi
Sohasi musiqa, pedagogika
Taʼlimi Samarqand davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Nishon Sodiqovich Qiyomov (1959-yil 9-may, Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nishon Qiyomov 1959-yil 9-may Past Dargʻom tumanida tugʻilgan[1]. 1977—1981-yillarda Samrqand davlat pedagogika instituti pedagogika va boshlangʻich taʼlim fakulteti musiqa va ashula yoʻnalishini tamomlagan. 1981—1986-yillarda ushbu institutning musiqa pedagogikasi fakulteti „Xor dirijyorligi“ kafedrasi oʻqituvchisi, 1986-1987-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti stajyor-tadqiqotchisi, 1987—1990-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti „Umumiy pedagogika“ kafedrasi aspiranti, 1992—1995-yillarda Samarqand davlat universiteti musiqa pedagogikasi fakulteti „Xor dirijyorligi“ kafedrasi oʻqituvchisi, 2000—2004-yillarda musiqiy taʼlim fakulteti katta oʻqituvchisi, 2004—2006-yillarda shu fakultetning „Musiqa nazariyasi, tarixi va anʼanaviy ijrochilik“ kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, 2006—2011-yillarda kafedra dotsenti, 2011—2019-yillar Pedagogika fakulteti ilmiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatgan. Hozirda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti fakultetlararo pedagogika kafedrasi professori[1].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1995-yilda “Maktab musiqa darslari orqali o‘smirlarda vatanparvarlik va baynalmilal his-tuyg‘ularini shakllantirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2019-yilda “Oliy ta’lim muassasalari talabalarida musiqiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish” mavzusi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2 ta uslubiy qo‘llanma, 2 ta monografiya, 80 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 

Andoza:OʻTOE