Nisbiylik nazariyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nisbiylik nazariyasi - fazo va vaqtning har kanday fizik jarayon uchun oʻrinli boʻlgan xususiyatlari haqidagi hozirgi zamon fizika taʼlimoti. A. Eynshteyn yaratgan N. n. 2 kiyemdan: maxsus N.n. va umumiy N.n.dan iborat boʻlib, maxsus N. n. 1905 y.da, umumiy N.n. 1916 y.da nihoyasiga yetkazilgan.

Fazo va vaqt hakidagi tushunchalar turli davrda turlicha boʻlgan. Klassik fizikada vaktning fazo bilan materiyaga hech kanday dahli yoʻk. Fazo va vaqt hakidagi klassik mexanika taʼlimotini Galiley nisbiylik prinsipi asosida matematik ravishda ifodalash mumkin. Fazoning anik nuktasida aniq vaqtda roʻy beruvchi hodisani voqea deyiladi. Mexanik hodisalar barcha inersial sanoq sistemalarda bir xil roʻy beradi, demak, harakat tenglamasining yozilish shakli barcha inersial sanoq sistemalarda bir xildir. Bu xususiyat Galiley almashtirishlariga nisbatan Nyuton harakat tenglamasining invariantligi deyiladi.

N.n.ga koʻra, fizik jarayonlarda fazo va vaqt xususiyatlari uzaro bogʻliqdir. Fazo va vaqtning uzaro bogʻlanishi harakat tufaylidir. Jism turli harakatda ekan, fazo va vakt xususiyatlari ham turlichadir. Maxsus N.n. uchun 2 prinsip (asosiy qonun) zamin hisoblanadi: birinchisi nisbiylik prinsipi, ikkinchisi yorugʻlik tezligining doimiyligidir. Nisbiylik prinsipiga asosan, fizik qonuniyatlarni ifo-dalovchi matematik tenglamalar bir xil koʻrinishga ega, yaʼni ular turli inersial sanoq sitemalarga nisbatan invariantdir. Ikkinchi prinsipni quyidagicha ifodalash mumkin: yorugʻlikning boʻshliqdagi tezligi barcha inersial sanoq sistemalarda bir xil qiymatga ega boʻlib, yorugʻlik manbaining harakatiga bogʻliq emas.

Gravitatsiya, fazo va vaqt haqidagi hozirgi zamon fizik nazariyasi, asosan, A. Eynshteyn tomonidan yaratildi va u u mumiy N.n. nomini oldi. Umumiy N.n.ning yaratilishida ekvivalentlik prinsipi asos boʻlib xizmat qildi.

N.n.dan kelib chiquvchi xulosalar juda koʻp tekshirishlar, kuzatishlar va tajribalar asosida tasdiklangan. Hozirgi kungacha N.n.ning kamchiliklari mavjudligini koʻrsatuvchi biror dalil yoki tajriba natijalari maʼlum emas.

Ad. Eynshteyn A., Sbornik nauchnix trudov, t.t. 1—4, M., 1965—67; Bekjonov R., Eynshteyn va nisbiylik nazariyasi, T., 1978.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil