Nevar tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nevar tili
Milliy nomi: नेपाल भाषा
Nēpāl bhāṣā
Mamlakatlar:    Nepal
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:    Nepal
So`zlashuvchilar umumiy soni: 846 000 (2011)
Tartiblovchi tashkilot: Nepal Bhasa Academy
O`rni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum: Yevroosiya tillari
Sino-Tibet tillari
Tibet-Birma tillari
Nevar tarmogʻi
Alifbosi: Devanagari
Til kodlari
ISO 639-1 new
ISO 639-2 new
ISO 639-3 new
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Nevar tili, nevari — tibetbirma tillarinit sharqiy himolay guruhchasiga mansub til. Baʼzi jihatlari bilan ayrim turkiy, moʻgʻul va man-jur tillariga yaqin turadi. Nepalda, asosan nevarlar yashaydigan Katmandu vodiysida, shuningdek, qisman Hin-diston va Butanda tarqalgan. Unda 1 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi. N.t. 4 ta lahjaga ega: ularning 3 tasi Nepalning markaziy qismidagi Katmandu, Bhak-tapur, Lalitpur sh.larida va toʻrtinchisi Nepalning sharqiy qismida tar-qalgan. Fonetikasi uchun boʻgʻiz undoshlari, burunlashgan unlilar xos. Morfologik tuzilishi agglyutinativ, oʻzak va affiksal morfemalari asosan bir boʻgʻinlidir. Feʼllar 5 xil tuslanish shakliga ega. Lugʻat boyligining 75 fo-izi nevarcha; sanskrit va tibet tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina. N.t. 14—18-a.larda Nepalning ras-miy tili boʻlgan, birok, 18-a. oxirida ham rasmiy, ham adabiy doirada uning oʻrnini nepal tili egallagan. 20-a.da soʻzlashuv shakllaridan, asosan, Katmandu laxjasi asosida adabiy N.t. kay-ta tirila boshladi. Nevar yozuvi 9-a.

da brahmi asosida shakllangan, xrzirgacha cheklangan holda amalda. Hoz. N.t. 18-a. oxiridan devanagari yozuvidan foydalanib keladi.[1]

Nevar tili yoki Nepal Bhasha (नेपाल भाषा, Nēpāl bhāṣā) Nepalda amalda boʻlgan eng yirik tillardan biridir. XIV asrdan beri rasmiy-idoraviy til sifatida ishlatilib kelingan. Nevar tili Nepal va Katmanduda istiqomat qiluvchi nevar xalqining ona tilidir. Nevarchada 800 mingdan oshiq kishi gaplashadi.

Nepaldan tashqarida nevarcha Hindistonning Sikkim shtatida 11 rasmiy tildan biri sifatida belgilangan.[2]

Nevar tili Tibet-Birma tillariga kiradi.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. A Report, Home Department, Government of Sikkim, Gangtok. 19 May 2011. Page 12.
Vikipediya logotipi

Vikipediya nevar tilida
boʻlimga ega:
«मू पौ»