Nasos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nasos — suyuqlikni bosim ostida soʻrish va haydash, gazlarni siqish yoki siyraklantirish, sochiluvchi jismlarni soʻrish va haydash uchun ishlatiladigan qurilma (gidravlik yoki pnevmatik mashina, apparat yoki asbob). Suyukdiklarni bosimsiz harakatlantirish uchun moʻljallangan qurilmalar suv koʻtarish mashinalari deb ataladi. N.ning asosiy parametri — maʼlum vaqt ichida (vaqt birligida) haydaladigan suv, gaz yoki havo miqdori. Baʼzan N.lar uchun bosim (R va Ya), isteʼmol quvvati N va f. i. k. ham muhim.

Qadimda ham N. yaratishga urinilgan. Mac, qadimgi Oʻrta Osiyo hududida charxpalaklar yordamida suv chiqarishgan. Yunon mexanigi Ktesibiy oʻt oʻchirish uchun moʻljallangan birinchi N.ni ixtiro qilgan. 18-a. boshlariga qadar, asosan, suv koʻtarish mashinalari ishlatilgan. Bugʻ mashinasi yaratilgandan soʻng ularning oʻrnini asta-sekin N. egallay boshladi. 18-a. oxirlarida porshenli N. tarraqiyoti jadallashdi. 19-a. oʻrtalarida porshenli bug N.lari keng ishlatila boshladi. Shu davrda parrakli N. ham paydo boʻddi. 20-a. 20—30-yillaridan boshlab, baʼzi sohalarda porshenli N. oʻrniga markazdan qochma, ro-torli N.lar ishlatila boshladi.

N. taraqqiyotining ikkinchi yoʻnalishi aylanuvchi (rotorli) N. yaratilishidan boshlanadi. 17-a. boshida yaratilgan ikki rotorli N. hozirgi tishli gʻildirakli N.ga oʻxshaydi. Key-inchalik rotorli N.ning boshqa xillari paydo boʻldi. Nemis muhandisi S. Xins 1920 y. markazdan qochma quril-ma deb atalgan birinchi soʻruvchi uyur-ma N.ni taklif qildi.

Suyuklikni haydashda markazdan qochma kuchdan foydalanish gʻoyasini 15-a.da Leonardo da Vinchi ilgari surgan. 17-a. boshida fransuz muhandisi Blankano suv chiqaradigan oddiy markazdan qochma N.ni yasagan. Issiqlik dvigateli va elektr dvigateli paydo boʻlgandan soʻng markazdan qochma N. kengroq qoʻllanila boshladi. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida parrakli va burilma kurakli N.lar yaratildi.

Suyuklikni bosim ostida haydashning uchinchi yoʻialishi — N.-apparatlar yaratishdan iborat boʻladi. Yunonistonda qizdirilgan havo yoki suv bugʻi yordamida idishdagi suvni siqib chiqaradigan qurilma yaratilgan. Suvni haydashda siqilgan xavodan foydalanish gʻoyasi 20-a.

da amalga oshirilgan. N.-apparatlarning xillaridan biri — suv oqimli N.; uni ingliz olimi D. Tompson 1852 y.da taklif qilgan. U suv va havoni soʻrish uchun ishlatilgan. Keyinchalik suvli ejektor, bug-suvli ejektor va b. tarzidagi N.lar yaratildi, quduqlardan suv chiqaradigan gidropnevmatik suv chiqargich taklif kilindi. 20-a. boshlarida magnitgidrodinamik N.larning yaratilishi N.-appratlarni takomillashtirish yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Atom energetikasining taraqqi-yoti munosabati bilan 20-a. 50—60-y.laridagina bunday N.lar keng qoʻllanila boshladi.

N., asosan, parrakli, uyurma va hajmiy xillarga, bular esa yana bir necha turlargaboʻlinadi. Parrakli N. dvigateli gʻildirakni aylantirganda parraklari suyuqlik oqimiga taʼsir qila-di va uni harakatlantiradi. Parrakli N.ning markazdan qochma, diagonal va oʻqaviy(oʻq boʻylab haydaydigan) xillari bor. Bular suyuklikni soʻrish xususiyatiga ega boʻlmagani uchun ularni yurgizib yuborishda soʻrish trubasi va gʻildirakka suyuqlik quyiladi. Parrakli N. 1 — 2500 m suv ustuniga tent bosim kerak boʻlgan joylarda ishlatiladi. F. i. k. — 90 — 92%. Uyurma N.da dvigatel energiyasi uyurma hosil qiladi; uyurma suyuklikni ilashtirib, harakatla-nishga majbur qiladi. Uyurma N. qovushoqligi kam suyuqliklarni hay-dash uchun quvvati bir necha kVt dan oshmaydigan statsionar va koʻchma qurilmalarda ishlatiladi. Bosimi parrakli N.ga qaraganda 2—10 marta ortiq, f.i.k. - 25 - 50%.

Hajmiy N.da suyuqlik N.ning berk boʻshligʻidan quvurlarga porshen (plunjer), shesternya, vint, kulachok va b. taʼsirida oʻtkaziladi. N.ga kirayotgan va undan chiqayotgan suyuqlikning solishtirma energiyalari farqi bosim deyiladi. Hajmiy N.ning porshenli (plunjerli), membranali, rotorli va b. xillari bor. Proshenli N.da suyuqlik ish kameralari hajmining oʻzgarishi hisobiga harakatlanadi. Rotorli N. shesternyali, plastinkali va b. xillarga boʻlinadi. N.lar suv taʼminoti tizimlarida, neft chiqarish, neft mahsulotlari va gazlarni haydashda, kema va gidropress qurilmalarida, avtomobillarda, binolarni shamollatishda hamda texnikaning boshqa sohalarida keng qoʻllaniladi. Nasos stansiyasi - suyukliklarni yuqoriga koʻtarish uchun moʻljallangan bino; nasos agregati va quvurlardan iborat inshoot. N. s.ga boshkarish apparatlari, elektr N. yeda esa taqsimlash qurilmalari, pasaytirish pod-stansiyalari, yigʻish-soʻrish va bosim kollektorlari, qoʻshimcha jihozlar (asosiy nasoslarni ishga tushiradigan vakuumnasoslar, yongʻinga qarshi ji-hozlar, moy xoʻjaligi va b.) kiradi. Nasos agregati soʻrish quvuri, nasos, dvigatel, uzatish mexanizmi, teskari klapanli bosim truboprovo-di va zulfindan iborat boʻladi. Me-liorativ (sugʻorish) N. s.ning qoʻzgʻalmas va suzuvchi xillari bor. Suzuvchi N. yeda nasos va kuch qurilmalari ponton yoki barjalarga oʻrnatiladi. Kema qatnaydigan yirik kanallarni suv bilan taʼminlash, suv omborlarini suv bilan toʻldirish, sugʻorish inshootlari va b. uchun yirik N. s. qoʻllaniladi. Vodoprovod N.s. suvni manbadan suv taʼminoti joyiga koʻtaruvchi va undan vodoprovod inshootlariga yoki rezervuarga hamda tozalangan suvni vodoprovod tarmogʻiga uzatuvchi koʻtarish st-yalaridan iborat. Kanalizatsiya N.s. panjarali va maydalagichli rezervuar, mashina zali (nasosxona) va b.dan iborat. Bunday N.s. yer ustiga va yer ostiga oʻrnatiladi. Xalq xoʻjaligida N. s.ning ahamiyati katta. Ayniqsa, baland joylarga suv chiqarishda N. s. juda qoʻl keladi.[1]

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yerlarning meliorativ holati va irrigatsiya tizimini yaxshilash maqsadida mavjud nasos stansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buxoro viloyatida ekin maydonlarini sug‘orish asosan viloyatlararo “Amu – Buxoro” mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi va “Amu – Buxoro” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmasiga qarashli gidroinshootlar orqali amalga oshiriladi. Mazkur nasos stansiyalarining samarali va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida ularni rekonstruksiya qilishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu ishlarda xorijiy investitsiyalardan ham samarali foydalanilayotir. Buni “Qorako‘l” nasos stansiyasini rekonstrutsiya qilish loyihasi misolida ham ko‘rish mumkin. “Amu – Qorako‘l” mashina kanalidan suv oladigan mazkur gidroinshoot viloyat qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Biroq stansiya to‘la quvvat bilan ishlamayotgani, yozda, vegetatsiya davrida suv ta’minotida qator muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan edi. Qorako‘l va Olot tumanlaridagi 30 ming gektardan ziyod yerni suv bilan ta’minlaydigan mazkur nasos stansiyasining hudud uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi inobatga olinib, 2011-yil 6-iyulda Prezidentimizning Buxoro viloyatida “Qorako‘l” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining beg‘araz yordamidan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Mazkur bunyodkorlik ishlari 2,3 milliard so‘mlik mablag‘ evaziga “O‘rta Osiyo maxsus montaj” davlat birlashmasiga qarashli 4-maxsus mexanizatsiyalashgan ko‘chma jamlanma jamoasi tomonidan amalga oshirildi. “Qorako‘l” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgani munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimligi, mutasaddi tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari, mutaxassislar, xitoylik hamkorlar ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston – Xitoy davlatlari o‘rtasidagi texnik-iqtisodiy hamkorlik samarasida amalga oshirilgan mazkur loyihaning viloyat qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi ahamiyati xususida so‘z yuritildi. O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida ushbu davlatning “Zhong Yuan China IPPR International Engineering Corp” kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga binoan rekonstruksiya uchun zarur bo‘lgan umumiy qiymati 7,3 million AQSh dollariga teng agregatlar, asbob-uskuna va ehtiyot qismlar mazkur kompaniya tomonidan yetkazib berildi, ularni montaj qilishda ham ushbu kompaniya mutaxassislari faol qatnashdi. Viloyat nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ashurovning ta’kidlashicha, rekonstruksiya ishlari natijasida stansiyaning suv uzatish quvvati oshirilib, sekundiga 45 kubmetrga yetkazildi. Agregatlarning energiya tejamkorligi ham ortdi. – Rekonstruksiya ishlari tufayli nasos stansiyasiga avtomatlashtirilgan zamonaviy uskunalar o‘rnatildi, – deydi mashinist-energetik Ne’mat Sobirov. – Dispetcherlik boshqaruv punktidan turib agregatlar faoliyatini muvofiqlashtirish, kuzatuv kamerasi orqali uch qavatli inshootdagi butun texnologik jarayondan xabardor bo‘lib turish mumkin. Bu inshootning barqaror ishlashini ta’minlash imkonini beradi.

Manbalar[tahrir]