Narimon Umarov
Narimon Umarov | |
---|---|
Adolat partiyasi raisi | |
Mansab davri 2013-yil – 2020-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Dilorom Toshmuhamedova |
Vorisi | Bahrom Abduhalimov |
Oʻzbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 2009-yil – 2013-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Boriy Alixanov |
Vorisi | Baxtiyor Abdusamatov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
10-mart 1952-yil Toshkent |
Mukofotlari |
Narimon Majitovich Umarov — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi (2020-yildan), Oʻzbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi (2015-2020), partiyadan prezidentlikka nomzod[1] boʻlgan.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1974-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — muhandis-gidrogeolog. Geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
- 1974-yilda „Gidroenergeo“ ilmiy tekshirish institutida katta texnik xodim lavozimidan boshlab, ilmiy ishlar boʻyicha direktor muovini lavozimigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi.
- 1997-2009 — Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Analitik nazoratga ixtisoslashgan davlat inspeksiyasi boshligʻi.
- 2009-2013 — Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi, „Ekosan“ ekologiya va salomatlik xalqaro xayriya jamgʻarmasining boshqaruvi raisi.
- 2013-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston „Adolat“ SDP Siyosiy Kengashi raisi.
- 2014-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.
- 2015-yildan 2020-yilgacha Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, Oʻzbekiston „Adolat“ SDP fraksiyasi rahbari.
- 2020-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurash masalalari qoʻmitasi raisi[2]
- Oilali. Uch nafar farzandi bor.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Turkum:
- 10-martda tugʻilganlar
- 1952-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston prezidentligiga nomzodlar
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari
- Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari
- Adolat sotsial-demokratik partiyasi aʼzolari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Oʻzbekiston kishilari