Muhammad ibn Nasr Marvaziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad ibn Nasr Marvaziy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi imom,faqih va hofiz

Muhammad ibn Nasr Marvaziy (arabcha: محمد بن نصر مروزي — Muhammad ibn Nasr Marvaziy — Toʻliq ismi: Abu Abdulloh Muhammad ib Nasr ibn Hajjoj Marvaziy(835-906)) — Imom, faqih, shayxul islom va hofiz.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad ibn Nasr Marvaziy 202/835-yil. Bag‘dodda tavallud topib, Naysoburda voyaga yetgan.Samarqandda istiqomat qilgan. Otasi marvlik bo‘lgan. U 294/906-yili muharram oyida Solih ibn Muhammad Jazaradan bir necha kundan keyin vafot etgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad ibn Nasr Marvaziy Xurosonda Yahyo ibn Yahyo Tamimiy, Abu Xolid Yazid ibn Solih, Umar ibn Zurora, Sadaqa ibn Fazl Marvaziy, Ishoq ibn Rohavayh, Ali ibn Hujurdan, Rayda Muhammad ibn Mehron Hammol, Muhammad ibn Muqotil, Muhammad ibn Humayd va boshqalardan, Bag‘dodda Muhammad ibn Bakkor ibn Rayyon, Ubaydulloh ibn Umar Qavoririy va ularning tabaqasidagilardan, Basrada Shaybon ibn Farrux Hudba ibn Xolid, Abdulvohid ibn G‘iyos va boshqalardan, Kufada Muhammad ibn Abdulloh ibn Numayr, Hannod Ibn Abu Shayba va ularning tabaqasidagilardan, Madinada Abu Mus’ab, Ibrohim ibn Munzir Hizomiy va uning tabaqasidagilardan, Shomda Hishom ibn Ammor Duhaymdan, Misrda Yunus Sadafiy, Rabi' Murodiy, Abu Ismoil Muzaniydan hadis eshitgan. U Abu Ismoil Muzaniydan Shofi’iyning kitoblarini naql qilib, shofi'iylar fiqhini o‘rgangan. Ko‘p kitob yozgan. Islomning barcha ilmlarida peshqadam, ko‘zga ko‘ringan alloma bo‘lib yetishgan. Muhammad ibn Nasr Marvaziy Naysoburda yashagan vaqtlarida olimlarning peshvosi bo‘lganlar. Muhammad ibn Yahyoning vafotlaridan keyin fatvo bera boshladilar. Muhammmad ibn Yahyo buyuk muhaddis Yahyo ibn Yahyo Zuhliyning o‘g‘illari. U kishi ham va u kishidan ke-yingilar ham Marvaziyning peshqadam ekanliklariga iqror bo‘lganlar".[1]

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

“Al-qasoma”. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 369.