Muhammad al-Barzanjiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad al-Barzanjiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1040-yil (hijriy 1631-yil)
Vafoti milodiy 1103-yil (hijriy 1692-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi mufassir, muhaddis, usulshunos, adib, tilshunos, ritorik va olim

Muhammad ibn Abdurrasul ibn Qalandar ibn Abdussayyid al-Barzanjiy ash-Shahrizoʻriy al-Madaniy ash-Shofiʼiy (Shahrizo‘rda hijriy 1040-yil (milodiy 1631-yil)da tugʻilib, muharram oyining boshida Madina shahrida hijriy 1103-yil (milodiy 1692-yil)da vafot etgan) — mufassir, muhaddis, usulshunos, adib, tilshunos, ritorik, ilmi sarf va boshqa ilm sohalarida faoliyat olib borgan olim. Hamadon, Bag‘dod, Damashq, Konstantinopol va Misrga borgan. Madinai munavvarada istiqomat qilgan va saboq olgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xolisu-t-talxis fi muxtasari talxisi-l-miftoh“ („Muxtasaru talxisi-l-miftohning xolis va qisqacha mazmun-mohiyati");
  • Mirqotu-s-suʼud fi tafsiri avoili-l-uqud“ („Shodalarning boshlarini tafsir qilish boʻyicha yuksaklikka olib chiqadigan zinapoya“);
  • al-Maqolat as-sunniyafi tavzihi eʼtirofi-l-Jomiyala-l-xamariya“ („al-Xamariy qasidasining Jomiy tomonidan qay tarzda eʼtirof etilganini izohlash haqida sunniy maqola“);
  • at-Taʼyid va-l-avn li-l-qoiliyn bi imoni Firʼavn“ („Firʼavn imoni haqida soʻzlovchilarni qoʻllab-quvvatlash va ularga yordam berish“);
  • as-Sinova-s-sanavot fima yataallaqu bi-lqunut“ („Xudojoʻylikka oid yillar va oliy maqom“);
  • Sharhu-l-maxoriq va jarhu-l-moraq“ („Afsungarlik sharhi va zinapoyalarning sinishi“);
  • Anhoru-s-salsabiyl fisharhi anvori-t-tanzil li-l-Bayzoviy“ ("BayzoviyningSharhu anvori-t-tanzilasaridagi salsabil anhorlar");
  • Mazoju-l-zanjabiylli hiyozi asrori-t-taʼvil fi-t-tafsir“ („Tafsir haqi-dagi taʼvil sirlaridan iborat hovuzlarning sokin holati“);
  • Ziyou-s-siroj fi laylati-l-isroʻ va-l-meʼroj“ („Isroʻ va meʼroj kechasidagi chiroqning ziyosi“);
  • al-Ishoʻa fi ashroti-s-soʻa“ („Qiyomat alomatlari haqidagi mish-mishlar“);
  • Bagʻiyatu-t-tolib liiymoni Abi Tolib“ („Abu Tolibning imoni talabida boʻlgan bandaning maqsadi“);
  • an-Nafaha al-foyiha fi masoili-l-fotiha“ („Fotiha bilan bogʻliq masalalar haqidagi muattar tuhfa“).

Aytishlaricha, u oltmishdan ortiq asarni taʼlif etgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 159 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.