Mixail Levin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Futbol
Mixail Levin
Toʻliq ism

Mixail Vyacheslavovich Levin

Tugʻilgan vaqti

19-aprel 1969(1969-04-19)[1] (54 yosh)
Moskva, SSSR

Fuqaroligi
Boʻyi

187 sm

Pozitsiyasi

Yarim himoyachi, hujumchi

Klub faoliyati
1986—1989 Flag SSSR CSKA Moskva 16 (1)
1986  Flag SSSR SSKA-2 27 (1)
1988—1989  Flag SSSR Chayka‑SSKA 15 (0)
1989 Flag SSSR Nistru 13 (0)
1989 Flag SSSR Kristall (Xerson) 9 (2)
1990 Flag SSSR Navbahor 42 (9)
1991 Flag SSSR Zenit (SPB) 37 (3)
1992—1994 Flag Rossii Zenit (SPB) 94 (3)
1995 Flag Rossii Gazovnik-Gazprom 33+2 (6)
1996 Flag Rossii Amkar 17 (4)
1997 Flag Rossii Ximik (SPB) 5 (3)
1997 Flag Rossii Spartak-Orexovo 8 (0)
1998 Flag Rossii Kuzbas 7 (0)
1999 Flag Kitayskoy Narodnoy Respubliki Foshan Fosti ? (?)

Mixail Vyacheslavovich Levin (1969-yil 19-aprel) — sovet va rus futbolchisi, yarim himoyachi, hujumchi pozitsiyasida toʻp surgan.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

"SSKA" futbol jamoasining sport maktabida taʼlim olgan. 1986-yil 18 yoshida „SSKA“ klubi safida, asosiy jamoa tarkibida oliy ligada 12 ta oʻyin oʻtkazdi. 1986—1989-yillar oraligʻida „SSKA“ jamoasining asosiy, oʻrinbosarlar va farm jamoalarida toʻp surdi. 1989-yilgi mavsumning birinchi yarmini Moldovaning „Nistra“ Kishinyov jamoasida (Oʻsha yilgi mavsumda birinchi ligada toʻp surgan), ikkinchi yarmini Ukrainaning „Kristal“ Xerson jamoasida oʻtkazdi. 1990-yilni Oʻzbekistonning Namangan viloyati klubi "Navbahor" jamoasi tarkibida oʻtkazdi. Namanganliklar safida ajoyib oʻyin namoyish etib, 42 ta oʻyinda 9 ta gol urdi va jamoasining SSSR Ikkinchi ligasidan SSSR Birinchi Ligasiga chiqishida yordam berdi. Namanga jamoasidagi bir yillik faoliyatdan soʻng jamoani tark etdi va keying mavsumda Sankt-Peterburgning „Zenit“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 1991—1994-yillarda Sankt-Peterburgning „Zenit“ jamoasida oʻynagan[2], Rossiya Premyer-ligasida jamoaning birinchi sardori boʻlgan. Faoliyatini yakunida asosan ikkinchi liga klublarida toʻp surdi. 1995-yilda Izhevskning „Gazovik-Gazprom“ klubi tarkibida ikkinchi liganing „Markaz“ zonasi gʻolibi boʻldi. 1998-yil Rossiya Ikkinchi liga jamoasi „Kuzbas“ klubi safida toʻp surganidan soʻng 1999-yilda u Xitoyning „Foshan Fosti“ klubida bir necha oy oʻynadi.

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng, 8 yilga yaqin vaqt davomida Kirov zavodida issiqlik operatori bo‘lib ishladi.

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning uch qizi va ikki nafar nabirasi (2006 va 2011-yillarda tugʻilgan) bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mikhail Levin // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. „Левин Михаил Вячеславович“. 2023-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]