Mixail Grulev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mixail Vladimirovich Grulev
Tavalludi 20-avgust 1857-yil
Rejitsa
Vafoti 17-sentyabr 1943-yil(1943-09-17)
(86 yoshda)
Nitssa
Qoʻshin turlari piyoda askarlar
Xizmatdagi yillari 1878–1912
Jang/urush Rus-yapon urushi

Mixail Vladimirovich Grulev (1857-yil 20-avgust, Vitebsk viloyati, Rejitsa – 1943-yil 17-sentyabr, Nitssa) – harbiy boshliq, general-leytenant (1912), harbiy yozuvchi va jurnalist, rus-yapon urushi qatnashchisi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mixail Grulev. 1885-yil.

Mixail Vladimirovich Grulev 1957-yil 17-sentyabrda Vitebsk viloyatining Rejitsa shahrida yahudiy oilasida tugʻilgan[1]. U dastlab Sebej tumanidagi maktabda, undan soʻng Varshava piyoda kadet maktabida taʼlim olgan hamda 65-Moskva piyoda polkida ofitser lavozimiga koʻtarilgan (1882). Kadet maktabiga kirishdan oldin u pravoslavlikni qabul qilgan (1879). 1888-yilda Bosh shtab akademiyasini tamomlagan[2]. 1889-yildan boshlab Amur va Turkiston harbiy okruglarida xizmat qilgan va Hindiston, Xitoy, Misr va Yaponiyaga bir necha marta sayohatlar qilgan.

Mixail Vladimirovich Grulev 1870-yil apreldan Toshkentda chiqadigan „Turkiston vedomosti“ gazetasining birinchi muharriri boʻlgan[3]. Mixail Grulev Sungari daryosi boʻyidagi Rossiya savdo ekspeditsiyasini boshqargan. 1895-yilda Yaponiyadagi rus harbiy agenti boʻlgan. Xitoyning Sharqiy temir yoʻli qurilishi boʻyicha tadqiqotlar olib borgan Manchuriya ilmiy ekspeditsiyasi boshqaruvchisi boʻlgan. 1897-yilda Toshkentga qaytib kelgan va xizmat faoliyatini yuritgan[4].

1904–1905-yillardagi rus-yapon urushi paytida 11-Pskov piyoda polkiga qoʻmondonlik qilgan. Liaolyan jangida uning qoʻmondonligi ostidagi polk general A.A.Bilderling rahbarligi ostidagi polk bilan birgalikda yapon kuchlariga qarshilik koʻrsatgan[5]. Mixail Grulev Shahe daryosi yaqinidagi janglarda polk (keyinchalik diviziya) komandiri boʻlgan.

Urush oxirida, 1907–1909-yillarda u Bosh shtab boshqarmasi qoshidagi rus-yapon urushini tasvirlash boʻyicha harbiy-tarixiy komissiya aʼzosi boʻlib, „Tarix“ asarini tuzishda ishtirok etgan. 1910-yilda Brest-Litovsk qal’asining shtab boshligʻi boʻlgan.

Mixail Grulev 1912-yilda general-leytenant unvoni bilan nafaqaga chiqqan. Keyinchalik Nitssaga koʻchib ketgan va 1943-yil 17-sentyabrda vafot etgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sungari daryosi ekspeditsiyasi (1895).
  • Sungari dayosining tavsifi (1895).
  • Amudaryo: Oʻrta oqim haqida insho (1900).
  • Pomir: Tarixiy va geografik eskiz (1904).
  • Bosh shtab ofitseri va polk komandirining rus-yapon urushi haqidagi xotiralari (1908-1909).
  • Hindistonning chegara qabilalarining soʻnggi 10 yildagi qoʻzgʻolonlari haqida insho (1909).
  • Rossiyaning Markaziy Osiyodagi raqobati (1909).
  • Armiya hayotidagi kunning dolzarb masalalari (1911).
  • Yahudiy generalining eslatmalari (1930).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Po drugim dannim, 20 marta 1858 goda (S. V. Volkov „Generalitet Rossiyskoy Imperii“, t. 1, str. 408).
  2. Vneshnyaya torgovlya. Borba s kontrabandoy
  3. „ИЗВЕСТНЫЕ ЛИЧНОСТИ, СВЯЗАННЫЕ С ТАШКЕНТОМ-9“. www.liveinternet.ru. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
  4. „Генерал М. В. Грулёв“. www.mytashkent.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
  5. Glushkov V. V. „Kogda boy konchilsya, poyavilos takoe obilie nachalstva i vse … varvarski rugayut ostatki muchenikov“. // Voenno-istoricheskiy jurnal. – 2001. – №№ 1, 2.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]