Vitebsk viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vitebsk viloyati - Belorussiyaning shim.-sharqidagi viloyat. 1938 i. 15 yanvarda tuzilgan. V.v.da 19 shahar va 26 shaharcha bor. Mayd. 40,1 ming km2. Aholisi 1434,7 ming kishi (1999), asosan beloruslar, shuningdek rus, ukrain, polyak, yahudiy va b. ham yashaydi Markazi — Vitebsk sh.

Yer yuzasi asosan tekislik, qator tepalar va ular orasida botqoklashgan pastliklar koʻp. V. v.ning shim.da Polotsk pasttekisligi, Ulla daryosi boʻylab Chashniki, shim.-sharqda Suraj pastliklari, jan.da va sharqda Orsha (262 m), Vitebsk (296 m) qirlari bor. Foydali qazilmalari: torf, gil, oyna qumlari, dolomit, ohaktosh, shifobaxsh balchiq va mineral buloklar. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanv.-ning oʻrtacha t-rasi —7,5°. Yiliga 550— 600 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 177—185 kun. Yirik daryolari: Gʻarbiy Dvina va Dnepr hamda ularning irmoqlari. Tuprogʻi, asosan, chimli podzol tuproq. Hududining 1/3 qismi oʻrmon. Mayd.ning 12% oʻtloq, 8% bot-qoklik.

Toʻqimachilik-trikotaj, mashinasozlik, kimyo, yoqilgʻi va oziq-ovqat sanoati ustun turadi. Stanoksozlik, asbobsozlik, elektr va radiotexnika, neftni qayta ishlash kabi koʻpgina yangi sanoat tarmoklari barpo etilgan. Mashinasozlikning muhim markazlari: Vitebsk (stanoksozlik, daryo kemasozligi) va Orsha (stanoksozlik, yengil mashinasozlik, lokomotiv va vagon tuzatish zavodlari). Kimyo sanoati ham rivojlangan. Polotskda neftni qayta ishlash zavodi bor. Bu korxona asosida kimyo majmuasi barpo etilgan. Obolda biokimyo f-kasi qurilgan.

V. v. Belorussiyaning muhim yengil sanoat r-nidir. Viloyatda Belorussiya zigʻirtola zavodlarining 1/3 qismi joylashgan. Gilam toʻqish korxonalari ham barpo etilgan (Vitebsk). Tikuvchilik, charm poyabzal, shisha tola korxonalari bor. Qurilish materiallari i. ch. taraqqiy etgan. Uysozlik, ohak materiallari k-tlari, silikat gʻisht, yogʻochsozlik va mebel i. ch., qogʻoz, goʻsht, sut, konserva, un tortish, makaron, spirt-araq korxonalari mavjud. V. v.da sut-goʻsht chorvachiligi yetakchi oʻrinda. Zigʻir va kartoshka yetishtiriladi. Shuningdek gʻalla, yemxashak, sabzavot-poliz ekinlari ekiladi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy, parranda boqiladi. Dare va koʻllardan baliq ovlanadi. T. y. va avtomobil yoʻllari asosiy transport turi. V. v. hududini Sankt-Peterburg — Kiyev, Moskva — Brest, Nevel — Polotsk — Molodechno t. y. magistrallari kesib oʻtgan. Gʻarbiy Dvina va Dnepr daryolarida kema qatnaydi. V. v.da 5 oliy oʻquv yurti, drama teatri, 11 muzey bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil