Mirzo Mansurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mirzo Muxiddin Mansurov
 BXSRning Sovet Rossiyasi bilan savdo-siyosiy aloqalarini oʻrnatish missiyasi rahbari-
Mansab davri
1921-yildan
Yosh buxoriylar harakatining yetakchisi-
 
Mansab davri
XX-asr boshidan beri
Oʻtmishdoshi lavozim tashkil etilgan
Vorisi lavozimi bekor qilingan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Buxoro, Buxoro amirligi, Rossiya imperiyasi
Vafoti Moskva, Rossiya SFSR
Bolalari Muxiddinov, Mirzo Isom
Mukofotlari

Mirzo Muxiddin Mansurov (tugʻilgan yili nomaʼlum) — buxorolik savdogar, jamoat va siyosat arbobi, Buxorodagi jadidchilik yetakchilaridan biri. Yosh buxoriylar harakati yetakchisi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muxiddin Mansurov millati tojik. Mirzo Muxiddin Mansurov (Tojikiston asoschilaridan biri boʻlgan Abdulqodir Muxiddinovning otasi). Aristokratlar oilasida tugʻilgan. Yirik buxorolik bankir[1] va yirik paxta tozalash zavodining egasi boʻlgan[2].

Mansurov inqilobgacha Buxoroning eng boy kishilaridan biri sifatida mahalliy jadidlar harakatining ishtirokchilari va homiylaridan biri boʻlgan[3], 1900-yildan Buxoro amiriga muxolifatda boʻlgan[2]. 1912-yilda Mansurov tojik tilidagi „Buxoroi sharif“ gazetasini yaratish tashabbuskorlaridan biri boʻlgan.

1917-yilda Mansurov — „Yosh buxoroliklar“ partiyasining birinchi raisi boʻldi. Undan tashqari oʻgʻillari Mirzo Isom Muxiddinov va Mirzo Abduqodir Muxiddinovlar ham partiya Markaziy Qoʻmitasiga kirishgan.

Buxoroda amirlik tugatilib, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi eʼlon qilingandan soʻng 1920-yilda Mansurov Sovet Rossiyasi bilan savdo va siyosiy aloqalarni oʻrnatish uchun Moskvadagi BXSR missiyasiga rahbarlik qilgan.

1920—1921-yillarda — Buxoro Xalq Sovet Respublikasida savdo va sanoat noziri boʻlgan.

1922-yilda — savdogarlar tomonidan Butunbuxoro MSK Prezidiumi aʼzosi boʻlgan.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zodagon, ziyolilar oilasidan boʻlgan ayolga uylangan.

Muxiddin Mansurov zodagon oilada voyaga yetgan. Huddi shunday ziyoli oiladan boʻlgan ayolga uylangan.

Uning 4 nafar oʻgʻli va 1 ta qizi bor edi: Mirzo Isom Muxiddinov; Mirzo Abduqodir Muxitdinov; Mirzo Amin Muxiddinov; Mirzo Xayrullo Muxiddinov; Matlabxon Muxiddinova.

Oʻgʻillari siyosiy hayotda faol ishtirok etganlar: Isom, Abduqodir, Amin „Yosh buxoroliklar“ partiyasida Mansurovning safdoshlari boʻlishgan, Isom otasining biznesini va Mansurov savdo uyini boshqargan, Abduqodir keyinchalik BXSRni boshqargan, Amin RSFSRda BNSRning vakolatli vakili boʻlib ishlagan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Buxoro XSR 1-darajali Qizil Yulduz ordeni

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshimcha manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]