Michigan (koʻl)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Michigan (mahalliy indeyslar tilida — katta koʻl) — Shim. Amerikadagi koʻl, AQSH hududida, Buyuk koʻllar sistemasida. Mayd. 58 ming km², uz. 490 km, eni 189 km gacha. Eng chukur joyi 281 m. Suv sathining bal. 177 m. Qirgʻoklari kam parchalangan, pastbaland. Suv qalqishi yarim sutkalik. Makino boʻgʻozi orqali Guron koʻli b-n, kema katnaydigan Chikago-Lokport kanali orqali Missisipi daryosi sistemasi bilan bogʻlangan. N.ning shim. qismi dek. — aprelda muzlaydi. Suvining sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi natijasida undagi jonivorlar soni keskin kamaygan. Yirik portlari: Chikago va Miluoki.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil