Mississippi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Missisipidan yoʻnaltirildi)
Mississippi
Mississippi
Shtat
Mississippi bayrogʻi Mississippi tamgʻasi
Mississippi bayrogʻi Mississippi tamgʻasi

Shtat laqabi:
(Magnolia State)

Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Jackson
Eng yirik shaharlar Jackson
Gulfport
Biloxi
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 32-oʻrinda

125,434 km²
3.15 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 31-oʻrinda

2,921,088
23.42 kishi/km²
4
6

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 35-oʻrinda

$76,166 million
$26,257

Ittifoqqa kirish

   • Sana

20-boʻlib

10 dekabr 1817

Vaqt UTC-6 (CST)
Qisqartma MO [29]
Shtat guli Magnolia

(Magnolia grandiflora)

Shtat daraxti Magnolia

(Magnolia)

Mississippi — AQShning janubiy qismidagi shtat. Maydoni 123,5 ming km². Axoliyey 2,8 mln. kishi (2002). Aholining 47 % shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi va eng yirik shahri — Jackson. Yer yuzasining katta qismi pasttekislik, shtatning gʻarbiy chegarasi boʻylab oʻtgan Mississippi daryosining soʻl irmoklari bilan kesilgan. Iklimi subtropik sernam iqlim. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 8°, iyulniki 27°. Shimolda keng bargli, janubda igna bargli oʻrmonlar, Meksika qoʻltigʻi sohilida botqoq sarvi oʻsadi.

Mississippi — agrar shtat. Asosiy ekini — paxta. Paxta hosili yetishtirishda mamlakatda Texas shtatidan keyin 2-oʻrinda. Soya, makkajoʻxori, sholi, bugʻdoy, shakarqamish ekiladi. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Parrandachilik bilan shugʻullaniladi.

Neft, tabiiy gaz qazib chiqariladi. Asosiy sanoat tarmoqlari: neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik va kemasozlik. Mississippi daryosida sohilida Galfport porti bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil