Mavrak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavrak (Salvia) — labguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar va yarim butalar turkumi. 500 turi bor. Oʻzbekistonda 16 turi uchraydi. Shundan yarim buta boʻlgan dorivor M. ekib oʻstiriladi; boʻyi 50 sm. Barglari choʻziq yoki keng nashtarsimon, uzun bandli (poyaning yuqori qismidagisi bandsiz), qarama-qarshi joylashgan. Gullari koʻk, binafsha, poya shoxlarining uchida soxta toʻpgul hosil qiladi. Bargida va gulida 2,5% gacha efir moyi, shuningdek, oshlovchi va b. moddalar bor. Oʻzbekistonning togʻ yon bagʻirlarida, adir va bogʻlarda oʻsadigan muskat M.ning boʻyi 1 m. Barglari yirik, tuxumsimon, uzun bandli, tarkibida 1,03% gacha efir moylari, S vitamini, flavonoidlar, oshlovchi va b. moddalar, urugʻida 31 % gacha moy bor. Bargi xalq tabobatida quvvatlantiruvchi, ovqat hazm qildiruvchi dori sifatida hamda yurak va buyrak kasalliklarini davolashda qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil