Mars Orbiter Mission

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mars Orbiter Mission stansiyasi Mars orbitasida (rassom tasavvuri).

Mars Orbiter Mission (inglizchadan: "Mars aylanuvchi missiya"), norasmiy nomi — Mangalyaan (sanskr. मंगलयान, "Mars-kema"), Hindiston fazo tadqiqot tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va 2013-yil 5-noyabrda uchirilgan Mars orbital stansiyasidir.[1][2][3] Hind fazo tashkiloti bayonotiga binoan, missiyadan maqsad sayyoralaro parvoz uchun kerakli texnologiyalar loyihalash, rejalashtirish va ishlab chiqarishni rivojlantirishdir.[4]

Mars Orbiter Mission zondi 2013-yil 5-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:38 da Sriharikota (Andhra Pradesh) dagi maydonchadan PSLV C25 tashuvchi raketa yordamida Yer orbitasiga olib chiqildi.[5] Mars Orbiter Mission Hindistonning birinchi sayyoralaro loyihasidir. Missiya uddasidan chiqilsa, Hindiston fazo tadqiqot tashkiloti Marsga yetib borgan Sovet fazo dasturi, NASA va ESA fazo agentliklaridan keyin toʻrtinchi fazo tashkiloti boʻladi.[6]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]