Mariana orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mariana orollari - Tinch okeanning gʻarbiy qismidagi bir guruh orollar, Mikroneziyayaya.. Mayd. 1,1 ming km2. 15 ta yirik va bir necha mayda orol va riflardan iborat. Kelib chiqishiga kura, marjon va vulkan orollar. Tez-tez zilzila boʻlib turadi, soʻnmagan vulkanlar bor. Eng baland joyi 965 m. Fosforit, oltingugurt, temir va marganets rudasi konlari bor. Iklimi tropik, passatli iqlim. Yiliga 1800— 2100 mm yogʻin yogʻadi. Tayfunlar boʻlib turadi. Jan. va sharqiy togʻ yon bagʻirlari doim yashil tropik oʻrmonlar bilan qoplangan, shim.da kserofit oʻsimliklar usadi. Kokos palmasi, banan, sitrus oʻsimliklar oʻstiriladi. Paxta, shakarqamish ekiladi, kofe yetishtiriladi. Baliq ovlanadi. M.o.ga yevro-paliklardan dastlab 1521 y.da F.Magellan kelgan va orollarni Ispaniya qiroli Filipp IV ning rafiqasi nomi bilan atagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil