Mambeev Saduakas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mambeev Saduakas
qozoqcha: Сәдуақас Мәмбеев
Tavalludi 1898-yil
Vafoti 1968-yil
Krasnoyarsk oʻlkasi, Rossiya
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi RossiyaSSSR bayrogʻi SSSR

Mambeev Saduakas (1898-yil, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi – 1958-yil Krasnoyarsk oʻlkasi, SSSR) – 1-darajali harbiy huquqshunos, 1925-1927-yillarda Qozogʻiston SSR adliya komissari va prokurori[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mambeev Saduakas 1898-yil Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. U 1914-yil rus-qozoq oʻrta taʼlim maktabini bitirib, 1918-yil Toshkentda bir yil malakasini oshirdi. 1920-yil Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasiga aʼzo boʻldi. Bundan soʻng, u Turkiston xalq komissarligi siyosiy komissari etib tayinlandi. Xuddi shu yili, Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi safiga chaqirildi hamda Turkiston harbiy komissari sifatida ish boshladi. Mambeev Saduakas 1922-yilda Toshkent okrugi prokurori yordamchisi lavozimiga tayinlandi. 1923-yili u Moskva shahrida prokurorlik boʻyicha malakasini oshirdi. Moskvadan qaytganidan soʻng, Saduakas Mambeev Jetisuv viloyati prokurori etib tayinlandi. 1925-yil Qozogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi qayta tashkil qilingach, Saduakas Mambeev Qozogʻiston SSR adliya komissari etib tayinlandi. U 1931-yil Qozogʻiston SSR chegara qoʻshinlari harbiy komissari sifatida ishladi. 1935-yildan 1938-yil 4-fevralgacha Oʻrta Osiyo prokurorlar birlashmasining Qozogʻistondagi rahbari sifatida faoliyat yuritdi. Mambeev Saduakas 1938-yil fevral oyida Qozogʻiston SSR ichki ishlar komiteti tomonidan hibsga olingan. SSSR Oliy sudining hukmi bilan 10 yilga ozodlikdan mahrum etiladi. 1949-yil jazo muddatini oʻtab chiqqan Mambeev Saduakas, Sibirga koʻchib oʻtdi[2]. SSSR Oliy harbiy sudining 1955-yil 29-oktyabrdagi qarori bilan Saduakas Mambeev oqlandi. Unga berilgan jazo bekor qilindi.

Saduakas Mambeev 1958-yilda SSSRdagi Krosnoyarsk oʻlkasida vafot etadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Мамбеев Садувакас Согиндыкович“. Qaraldi: 13-sentabr 2023-yil.
  2. „Трагические уроки истории | Nomad | 15.06.2010“. 2013-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-fevral.