Mahershala Ali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahershala Ali

Ali 2016-yil Toronto International Film Festivalda
Tavalludi
Mahershalalhashbaz Gilmore

16-fevral 1974-yil (1974-02-16) (50 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 2001–yildan
Turmush oʻrtogʻi
Amatus Sami-Karim (turm. 2013)
Bolalari 1
Mukofotlari

Mahershala Ali ( /məˈhɜːrʃələ/ mə-HUR-shə-lə ; [1] Mahershalalhashbaz Gilmore 1974-yil 16-fevralda tugʻilgan) — amerikalik aktyor. Ikkita Oscar, ikkita Screen Actors Guild Awards, Oltin globus, BAFTA va Emmy mukofotlari sovrindori. 2019-yilda Time jurnali tomonidan dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri deb topilgan [2]. 2020-yilda esa The New York Times nashri Alini 21-asrning 25 ta eng buyuk aktyorlari qatoriga kiritdi[3].

Nyu-York universitetida TIV diplomini olgandan soʻng, Ali oʻz faoliyatini „Crossing Jordan“ (2001–2002) va „The Threat Matrix“ (2003-2004) teleseriallarida muntazam ishtirok etishdan boshlagan. Uning kinodagi birinchi yirik roli David Fincherning „The Curious Case of Benjamin Button“ (2008) fantastik filmida bo'lgan.

Ali „"Moonlight“ (2016) dramasida giyohvand moddalar sotuvchisi va „Yashil kitob“ (2018) komediya-drama filmidagi Don Shirley roli uchun „Ikkinchi darajali eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasida „Oscar“ mukofotiga sazovor boʻldi. U „Oscar“ni qo'lga kiritgan birinchi musulmon aktyor[4] va bir xil toifada ikkita „Oscar“" mukofotini qoʻlga kiritgan birinchi qora tanli aktyor hisoblanadi[5].

Ali shuningdek „Spider-Man: Into the Spider-Verse“ (2018) va „Spider-Man: Across the Spider-Verse“ (2023) animatsion filmlarida Aaron Davis obraziga ovoz bergan.

Bolaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ali 1974-yil 16-fevralda Kaliforniyaning Oakland shahrida Willicia Goines va Phillip Gilmorer oilasida tugʻg‘ilgan [6] [7] [8]. U Kaliforniyaning Hayward shahrida onasi tomonidan nasroniy sifatida tarbiyalangan. Onasi Evia Goines Haywarddagi Palma Ceia Baptistlar cherkovi xodimi boʻo'lgan[9] [10] [6]. Otasi Broadwaydan kelgan aktyor edi [10] [6].

Filmografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film nomi Rol Izoh
2003 Making Revolution Mac Laslow Mahershalalhashbaz Ali sifatida
2008 Umi's Heart Ezra Qisqa metrajli film,

Mahershalalhashbaz Ali sifatida

Curious Case of Benjamin Button, TheThe Curious Case of Benjamin Button Tizzy Mahershalalhashbaz Ali sifatida
2009 Crossing Over Detective Strickland
2010 Predators Mombasa
The Wronged Man Calvin Willis Televizion film
All Signs of Death Gabe
2012 Place Beyond the Pines, TheThe Place Beyond the Pines Kofi
2013 Go for Sisters Dez
2014 Supremacy Deputy Rivers
Hunger Games: Mockingjay – Part 1, TheThe Hunger Games: Mockingjay – Part 1 Boggs
2015 Hunger Games: Mockingjay – Part 2, TheThe Hunger Games: Mockingjay – Part 2
2016 Kicks Marlon
Gubagude Ko Ochoro Qisqa metrajli film
Free State of Jones Moses
The Realest Real The Minister Qisqa metrajli film
Moonlight Juan
Hidden Figures Colonel Jim Johnson
2017 Roxanne Roxanne Cross
2018 Yashil kitob Doctor Donald Shirley
Spider-Man: Into the Spider-Verse Aaron Davis / Prowler Ovoz
2019 Alita: Battle Angel Vector
2021 Eternals Eric Brooks / Blade Ovozli kameo
Swan Song Cameron / Jack Shuningdek, prodyuser
2023 Spider-Man: Across the Spider-Verse Aaron Davis Ovoz
Leave the World Behind George G.H. Scott
2025 Wildwood dagger Brenden Ishlab chiqarishda

Mukofot va nominatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akademiya mukofoti (Oscar)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Toifa Film Natija
2017 Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor Moonlight Yutuq
2019 Yashil kitob Yutuq

BAFTA[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Toifa Film Natija
2017 Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor Moonlight Nominatsiya
2019 Yashil kitob Yutuq
2022 Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor Swan Song Nominatsiya

Emmy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Toifa Film Natija
2016 Drama serialidagi eng yaxshi aktyor House of Cards Nominatsiya
2019 Serial yoki filmidagi eng yaxshi bosh rol ijrochisi True Detective Nominatsiya
2020 Komediya serialida ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor Ramy Nominatsiya
Ajoyib bolalar dasturi We Are the Dream: The Kids of the Oakland MLK Oratorical Fest Yutuq
2023 Ajoyib hikoyachi Chimp Empire Nominatsiya

Oltin globus[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Toifa Film Result
2017 Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor Moonlight Nominatsiya
2019 Yashil kitob Yutuq
2022 Eng yaxshi aktyor - drama Swan Song Nominatsiya

Screen Actors Guild Awards[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Toifa Film Natija
2009 Ansamblning kinofilmdagi ajoyib ijrosi The Curious Case of Benjamin Button Nominatsiya
2016 Drama serialidagi aktyorlar ansamblining ajoyib ijrosi House of Cards Nominatsiya
2017 Kinofilmdagi ikkinchi darajali roldagi erkak aktyorning ajoyib ijrosi Moonlight Yutuq
Ansamblning kinofilmdagi ajoyib ijrosi Nominatsiya
Hidden Figures Yutuq
2019 Kinofilmdagi ikkinchi darajali roldagi erkak aktyorning ajoyib ijrosi Yashil kitob Yutuq
2020 Televizion miniserial yoki kinofilmdagi erkak aktyorning ajoyib ijrosi True Detective Nominatsiya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Mahershala Ali Breaks Down His Career, from 'Moonlight' to 'Swan Song' | Vanity Fair“. YouTube. Vanity Fair. Qaraldi: 2023-yil 17-iyul.
  2. Spencer, Octavia (April 17, 2019). „Mahershala Ali“. Time. Qaraldi: April 17, 2019.
  3. Dargis, Manohla; Scott, A.O.. „The 25 greatest actors of the 21st century (so far)“. The New York Times (2020-yil 25-noyabr). 2020-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-dekabr.
  4. Mark Olsen. „Riz Ahmed is the first Muslim nominated for lead actor Oscar“. Los Angeles Times (2021-yil 15-mart). 2022-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyun. „Actor Mahershala Ali became the first Muslim actor to win an Oscar when he took home the statuette for supporting actor for 'Moonlight' in 2017 and won the same prize in 2019 for 'Green Book.'“.
  5. Yglesias. „Oscars 2019 milestones: Black Panther and Roma broke boundaries“. Vox (2019-yil 24-fevral). 2019-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-fevral.
  6. 6,0 6,1 6,2 Galloway, Stephen. „'Moonlight' Breakout Mahershala Ali in His Own Words: A Persona Journey From Childhood Upheaval to Spiritual Awakening“ (en). The Hollywood Reporter (2017-yil 15-fevral). 2019-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-aprel.
  7. Gutthman. „Mahershala Ali Talks About Life After Oscar“. Oakland Magazine (2018-yil 5-dekabr). 2020-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-iyul.
  8. Gentile. „Mahershala Ali talks BART, his favorite Bay Area restaurant and new Oakland film“ (2020-yil 12-fevral). 2020-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-iyul.
  9. Ali. „Mahershala Ali ('96)“. Saint Mary's College of California (2011-yil 22-oktyabr). 2019-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-dekabr.
  10. 10,0 10,1 Viera. „Mahershala Ali Quit House of Cards and Became Marvel's New Villain“. GQ (2016-yil 15-avgust). 2017-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]