Christian Bale

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Christian Bale
Foto
Christian Bale (2009)
Tugʻilgan paytidagi ismi: Christian Charles Philip Bale
Tavalludi sanasi: 30-yanvar, 1974 (1974-01-30)
(40 yoshda)
Tavalludi joyi: Haverfordwest, Pembrokeshire, Ueyls, BQ
Kasbi: aktyor
Faoliyat yillari: 1982—bugun
IMDb: ID 0000288

Christian Charles Philip Bale (talaffuzi: Krischen Charlz Filip Beyl; 30-yanvar, 1974) ingliz aktyordir.[1] Amerika filmlarida suratga tushib tanilgan Bale mustaqil va art filmlarda ham rollar ijro etgan.

Bale oʻzbek tomoshabiniga ilk bora Bolaginam Mio (1987) filmidagi Jum-Jum roli orqali tanilgan, dunyo eʼtiboriga esa Steven Spielberg'ning Empire of the Sun (1987) filmida rol oʻynab tushgan. 2000-yili u Amerika Jinnisi filmida Patrick Bateman ismli serial qotil rolini ijro etib, kinotanqidchilar maqtoviga erishdi. 2004-yilgi Mashinist kinosida qiltiriq stanokchi rolida suratga tushish uchun 28 kilo vazn yoʻqotib, metodli ijrochi (yaʼni rolga butunlay kiruvchi ijrochi) ekanligini isbotladi.[2]

Bale Christopher Nolan'ning Batman Boshlanyapti (2005), Qora Ritsar (2008) va Qora Ritsar Yuksalyapti (2012) filmlarida Batman rolini ijro etib, katta tijoriy muvaffaqiyatga erishdi. 2010-yilgi Kurashchi filmidagi Dicky Eklund roli esa unga Oscar mukofotini keltirdi.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]

VikiOmbor
VikiOmborda Christian Bale
haqida sahifa mavjud.