Maftuningman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maftuningman
Rejissor A. Akbarho‘jayev
Produser Yo‘ldosh Aʼzamov
Ssenariy muallifi Turob To‘la
Mikhail Melkumov
Rollarda
Bastakor Ikrom Akbarov, Mutal Burxonov, Manas Leviyev
Muharrir X. Umarova
Studiya O‘zbekfilm
Davomiyligi 81 minut
Mamlakat O‘zbek SSR
Til O‘zbek

Maftuningman“ (rus. Очарован тобой) — taniqli o‘zbek rejissori Yo‘ldosh Aʼzamov 1958-yil yaratgan oq-qora kinotasmaga olingan musiqiy kinokomediya.[1] Film birinchi oʻzbek kinokomediyasi boʻlib, haligacha minglagan oʻzbek kino ishqibozlarining sevimli filmi boʻlib kelmoqda.[2]

Sujet[tahrir]

„Maftuningman“ filmida ikki kinochining shu nomli musiqiy film olish uchun aktor va aktrisa izlashi tasvirlangan. Kinochilarning biri O‘zbek SSRining turli qismlariga borib aktor qidiradi. Qayerga bormasin juda ham isteʼdodli kishilarni uchratadi. „Maftuningman“ filmiga aktyorlar haqiqatan ham shu yoʻsinda tanlangan.

Ashulalar[tahrir]

„Maftuningman“ filmida aytilgan barcha qoʻshiqlar koʻpchilikka maʼqul keldi va hozirgi kunda ham oʻzbeklar bu qoʻshiqlarni sevib tinglaydi. Koʻpchilik filmda aytilgan qoʻshiqlarni yoddan biladi. Filmda aytilgan „Doʻppi tikdim“, „Goʻzal Toshkent“, „Maftun boʻldim“ va „Sartarosh“ kabi ashulalar xalqning sevimli qoʻshiqlariga aylangan.

Manbalar[tahrir]

  1. (2009) in A. M. Proxorov: Yo‘ldosh Aʼzamov (rus.). Sankt Peterburg: „Katta sovet ensiklopediyasi“. 
  2. Ganjazoda, Zеbo. „Maftuningman“ kinofilmi. Qiziq voqealar va maftunkor chehralar -. Mashhur.uz. 31-may, 2012.