Yoʻldosh Aʼzamov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yoʻldosh Aʼzamov
Tavalludi sanasi: 10-may, 1909-yil(1909-05-10)
Tavalludi joyi: Toshkent, O‘zbek SSR
Vafoti sanasi: 16-iyun, 1985-yil(1985-06-16)
(76 yoshda)
Fuqaroligi: Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi: aktor, rejissor va dramaturg
Mukofotlari: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1965),
O‘zbekiston xalq artisti (1970),
Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti (1972),
SSRI xalq artisti (1979)
IMDb: ID 0013815

Yoʻldosh Aʼzamov (baʼzan Yoʻldosh Agzamov deb yoziladi) (10-may 1909 — 16-iyun 1985) — o‘zbek aktori, rejissori va dramaturgi.[1] Aʼzamov 1979-yil Oʻzbek SSR xalq artisti va 1979-yil SSRI xalq artisti unvonlarini olgan.[2] Uning eng mashhur filmlari «Maftuningman» (1958) va «Oʻtgan kunlar» filmlaridir. «Maftuningman» birinchi oʻzbek komediyasidir va u eng sara oʻzbek filmlardan biri hisoblanadi.[3]

Hayoti[tahrir]

Yoʻldosh Aʼzamov 1909-yil 10-mayda Toshkentda tugʻilgan. 1936-yildan 1930-yilgacha Aʼzamov Sovkino va Vostokkinoda aktorlik qilgan. 1930-yildan boshlab Oʻzbekfilmda ishlay boshlagan. Yoʻldosh Aʼzamov 1985-yil 16-iyunda 76 yoshda oʻlamdan oʻtgan. U Toshkentdagi Chagʻatoy qabristonida koʻmilgan.

Ijodi[tahrir]

Aʼzamov aktor sifatida Yu. Rayzmanning „Yer chanqog‘i“ (1930), Nabi G‘aniyevning „Yuksalish“ (1931) filmlaridagi Qurbongeldi va mexanik obrazlarini yaratgan. „Tohir va Zuhra“ (1945) badiiy filmiga ikkinchi rejissor bo‘ldi.

Aʼzamov urushdan keyingi yillarda esa hujjatli-xronikal filmlar („Xalq qizlari“, „Toshkent MESi“ va boshqalar) ishladi. Aʼzamovning birinchi mustaqil badiiy filmi „Qilich“ (1934) filmidir. Aʼzamov Toshkent Yosh tomoshabinlar teatrida rejissor sifatida bir qancha pesalarni sahnalashtirgan.

Aʼzamov kinorejissor sifatida „Gulbahor“ (1956), „Maftuningman“ (1958), „Furqat“ (1959), „Istiqbol yo‘li“ (1961), „Oydin sahifa“ (1965), „Sayyod qo‘ng‘irog‘i“ (1966), „Oʻtgan kunlar“ (1969), „Olovli so‘qmoqlar“ (1971), „Mehrobdan chayon“ („Zulmatni tark etib…“, 1973), „Odamlar tashvishida“ (1976), „Ota nasihati“ (1979), „Katta va qisqa hayot“ (1981), „Parol, „Regina“ mehmonxonasi“ (Z. Rayzman bilan hamkorlikda, 1984) va boshqa filmlarni yaratdi.

Aʼzamov ijodida o‘zbek xalqining tarixiy va zamonaviy hayoti sahifalarini milliy ruhda ko‘rsatishga intilish ko‘proq seziladi. Aktorlar bilan obrazlar ustida chuqur ishlash, barcha harakatlarni qahramon xarakteri va ichki dunyosini ochib berishga qaratish rejissor ijodiga xos.

Unvon va mukofotlari[tahrir]

Yoʻldosh Aʼzamov koʻplagan unvon va mukofotlar sovrindoridir. 1965-yil unga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi unvoni berilgan. 1970-yil Aʼzamov O‘zbekiston xalq artisti unvonini olgan. 1972-yil unga Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti berilgan. Aʼzamovga 1979-yil nufuzli SSRI xalq artisti unvoni berilgan

Filmografiyasi[tahrir]

Rejissor sifatida[tahrir]

  • Ruscha: «Клыч» (1935)
  • Ruscha: «Узбекский киноконцерт» (1941)
  • Ruscha: «Во имя счастья» (1956)
  • Ruscha: «Рыбаки Арала» (1957)
  • „Maftuningman” (Ruscha: «Очарован тобой)» (1958)
  • Ruscha: «Фуркат» (1959)
  • Ruscha: «Отвергнутая невеста» (1961)
  • Ruscha: «Пятеро из Ферганы» (1963)
  • Ruscha: «Дорога за горизонт» (1963)
  • Ruscha: «Листок из блокнота» (1965)
  • Ruscha: «Колокол Саята» (1966)
  • „O'tgan kunlar” (Ruscha: «Минувшие дни») (1969)
  • Ruscha: «Горячие тропы» (1971)
  • Ruscha: «Побег из тьмы» (1973)
  • Ruscha: «Ради других» (1976)
  • Ruscha: «Отцовский наказ» (1979)
  • Ruscha: «Большая короткая жизнь» (1981)
  • Ruscha: «Пароль - «Отель Регина»» (1983)

Manbalar[tahrir]

  1. Yo'ldosh A'zamov (rus.). Toshkent Memoriali. 28 may 2012.
  2. Yo'ldosh A'zamov (rus.). Kino-Teatr. 28 may 2012.
  3. Ganjazoda, Zеbo. „Maftuningman” filmi: qiziq voqealar va maftunkor chehralar. Mashur.uz. 28 may 2012.

Havolalar[tahrir]