Machin (oʻt)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Machin, olabutasimon tojixoʻroz (Amaranthus blitoides S. Wats.) — gultojixoʻrozdoshlar oilasiga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi, asosan, yer bagʻirlab oʻsadi, sershox, boʻyi 15— 50 sm. Barglari choʻziq nashtarsimon, tuksiz, uchi toʻmtoq. Gullari yuqori barg qoʻltiklari va poya uchlarida joylashgan. Koʻrinishi eshakshoʻraga oʻxshab ketadi. Bir tupi 1 mln.dan ortiq urugʻ beradi. Urugʻi 20—30° t-rada yaxshi unadi. Sirdaryo, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent va b. viloyatlarda tarqalgan. Sugʻoriladigan ekinlar: gʻoʻza, sabzavot-poliz, makkajoʻxori, kartoshka va b. ekinlar orasida koʻp uchraydi.

Kurash choralari: ekin qator oralarini kultivatsiya qilish; gerbi-sidlar sepish; oʻtoq qilish. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil