Bir yillik oʻsimliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bir yillik oʻsimliklar — barcha hayotiy sikllari bir vegetatsiya davrida, yaʼni bir yil davomida urugʻidan unib chiqib, oʻsib, gullaydigan va nayel qoldirib quriydigan oʻsimliklar. Bir yillik oʻsimliklar oʻ. orasida butun rivojlanish jarayoni bir necha hafta ichida tugaydigan efemer oʻsimliklar guruhi ajralib turadi. Choʻl va dasht sharoitlarida efemerlar kuz, qish yoki bahorda oʻsadi. Ular yilning koʻp davrini urugʻ holida oʻtkazadi. Namligi yetarli zonalarda efemerlar (mas, yulduzoʻt, qoʻngʻirbosh) bir vegetatsiya davrida bir necha boʻgʻin berishi mumkin. Vegetatsiya davri uzok, kechadigan Bir yillik oʻsimliklar oʻ. bahorgi va kuzgilarga boʻlinadi. Bahorgi Bir yillik oʻsimliklar u. bahor va yoz oylarida oʻsib, hayot siklini 1 —5 oyda tugatadi. Kuzgi Bir yillik oʻsimliklar u.ning urugʻlari kuzda darhol unib chiqib, tomiroldi barglari rivojlanadi va shu tarzda qor tagida qishlab chiqadi. Bahorda ular rivojlanishni davom ettiradi — gullaydi, urugʻ berib, keyin qurib qoladi. Bu guruhga kuzgi javdar, burdoy, shuningdek koʻpchilik begona oʻtlar (jagʻ-jagʻ, boʻtakoʻz va boshqalar) kiradi. Bir yillik oʻsimliklar oʻ. oʻzgarib turuvchi iklim sharoitiga moslashgan ko‘p yillik oʻsimshklarning evolyutsiya jarayonida shakllangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil