Lola Karimova-Tillayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lola Karimova Tillayeva
Tavalludi 3-iyul 1978-yil (1978-07-03) (45 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turmush oʻrtogʻi Timur Tillayev
Bolalari oʻgʻli - Umar , qizi - Maryam
Otasi Islom Karimov
Onasi Tatyana Akbarovna Karimova
Veb-sayti lolakarimova.com

Lola Islomovna Karimova-Tillayeva (Lola Islomovna Karimova-Tillaeva; 1978-yilda Toshkentshahrida tavallud topgan) – Oʻzbekiston sobiq prezidenti Islom Karimovning qizi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lola Karimova-Tillaeva 1978-yil Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida tavallud topdi. U Toshkentda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida „Xalqaro huquq“ yoʻnalishi boʻyicha bakalavr va magistrlik darajasini oldi, soʻngra Toshkent davlat universitetida psixologiya fanlari nomzodi darajasiga ega boʻldi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillaeva mamlakatning koʻp asrlik merosini Yevropada tanitishga katta ahamiyat berib kelmoqda. Bundan asosiy maqsad esa tamaddunlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaxshilashda va ularning qadriyatlarini hurmat qilishda koʻmaklashishdir.

Karimova-Tillaeva taʼlim va sportni qoʻllab-quvvatlash, shu bilan birga ikki yirik hayriya tashkilotlarning boshligʻi sifatida, yetim va nogiron bolalarga yordam berish faoliyati bilan Oʻzbekistonda tanilgan.

UNESCO elchisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lola Karimova-Tillaeva 2008-yilning yanvar oyida YUNESKOdagi Oʻzbekistonning Doimiy vakili vazifasiga tayinlangan. Karimova-Tillaeva hamda uning safdoshlari madaniyatlaroro muzokaralarning ilgari surish hamda rivojlanishiga Oʻzbekistonning boy maʼnaviy va madaniy-tarixiy merosi borasida Yevropa jamoatchiligining xabardorligini oshirish yoʻli orqali oʻz hissalarini qoʻshmoqdalar.[1]

„Sivilizatsiyalar toʻqnashuvi“ degan tushuncha keng tarqalgan bir paytda, Oʻzbekistonning YUNESKOdagi elchisi faoliyati jarayonida, Lola Karimova-Tillaeva Gʻarb hamda musulmon olami oʻrtasidagi dialogni yanada olgʻa surish, mavjud tushunmovchiliklarni hamda destruktiv stereotip va yanglishishlarni bartaraf qilish uchun kerakli shart-sharoit yaratishlikda taʼlim va madaniyatlararo hamfikrlikni ilgari surishni muhim vosita sifatida tan olib, bunga koʻproq ahamiyat berishga intilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. ЮНЕСКО ЭЛЧИСИ, 2013-06-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-04

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]