Kofarnihon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kofarnihon, Kofirnihon -Tojikistondagi daryo. Amudaryonit oʻng irmogʻi. Oʻz. 387 km, havzasining mayd. 11600 km². Hisor tizmasidan boshlanadi, 90 km li yuqori qismi Obisafed, Kaniz va Sarbo nomlari bilan ataladi. Sardobi Miyona irmogʻi quyilgandan soʻng K. nomini oladi. Togʻli qismida K. yon bagʻirlari tik tor vodiyda, Chinor qishlogʻidan boshlab esa keng Hisor vodiysida oqadi (bu yerda suvidan sugorishda foydalaniladi). Quyi qismida K. Bobotogʻ bilan Oqtogʻ orasidan oʻtadi. K. qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi. Suvi martdan iyungacha koʻpayib, yanvar—fev.da kamayadi. Suvi ancha loyqa, etak qismida 1m³ suvida 1,53 kg loyqa boʻladi. Yirik irmoklari: Obizarang , Sardobi Miyona, Kapandor, Obiyos, Varzob, Iloq va Xonaqoh.

KOFE(Soneag; arab. — qahva), qaqva daraxti — roʻyandoshlar oilasiga mansub koʻp yillik doim yashil daraxt. Sharqiy yarim sharning tropiklarida, aksariyat Afrikada oʻsadigan 40 ga yaqin turi maʼlum. 5—6 madaniy turi Arabiston ya.o.da 14—15-a. dan, Braziliyada 18-a. dan ekiladi. Yevropaga K. urugʻi 1592 y. keltirilgan va K. ichimligi ichish odatga aylangan. S. arabica (Arabiston K.si) va C.liberica (Liberiya K.si) koʻproq tarqalgan. Kofezorlarning asosiy qismi Braziliya (jahon boʻyicha yetishtiriladigan K.ning yarmi), Efiopiya, Kolumbiya, Yamanda joylashgan. Indoneziya, Hindistonda ham ekiladi. Jahon boʻyicha K. daraxti ekilgan maydonlar 11,5 mln. ga, oʻrtacha hosildorlik 6,16 s/ga. K. oʻstirish uchun yetarli mikdorda namlik (yillik yogʻin miqdori 2200—2300 mm) va oʻrtacha yillik harorat 18° dan kam boʻlmagan tabiiy-iqlim sharoit zarur. K. yil boʻyi gullaydi va meva tugadi. Daraxti bal. 8—20 m. Gullari oq, xushboʻy, ikki jinsli. Chetdan changlanadi. Mevasi 2 uyali rezavor, 9 oyda yetiladi, toʻq yashil mevalar dastlab sariq, pishish davrida qizil rang oladi.

K. urugʻi va qalamchasidan koʻpaytiriladi. Oʻtqazilgan koʻchati 5-yili hosilga kiradi. 30—40 yil hosil beradi. 1 tup daraxtidan 1 kg ga yaqin urugʻ olinadi. Urugi tarkibida 13—14% azot moddalari, 0,65—2,7% kofein, 2—3% saharin va b. mavjud. Ulardan kofein va K. ichimligi tayyorlanadigan kukun olinadi. K. ichimligi tayyorlash uchun K. doni 180—200° haroratda 20—30 min. davomida qovuriladi, yanchiladi. Qovurilganda ichimlikka jigarrang tus, xushboʻylik va yoqimlik taʼm beradigan moddalar hosil boʻladi. K. kukunini issiq suvda eritib, shakar qoʻshib isteʼmol qilinadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil