Koba karvon saroyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Koba karvon saroyi
Muqobil nomlari Koba eski karvon saroyi
Umumiy maʼlumot
Maqomi karvon saroy
Manzili Zingiron MFY
Shahar Shahrisabz
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 39°03′19″N 66°49′40″E / 39.05515537°N 66.82782251°E / 39.05515537; 66.82782251 G OKoordinatalari: 39°03′19″N 66°49′40″E / 39.05515537°N 66.82782251°E / 39.05515537; 66.82782251 G O[1]
Qurilishi boshlangan 15-asr oxiri
Qurilishi tugagan 16-asr boshi

Koba karvon saroyi — Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida joylashgan qadimiy arxeologik yodgorlik. Koba karvon saroyi shuningdek Koba eski karvon saroyi nomi bilan ham mashxur boʻlgan. Karvon saroy 16-asrda qurib bitkazilgan. Bugungi kunda karvonsaroy UNESCO Umuminsoniy qadriyatlar kitobiga kiritilgan boʻlib, davlat muhofazasiga olingan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixiy manbalarga koʻra, karvonsaroy 15-asr oxiri 16-asr boshlarida qurib bitkazilgan. Karvonsaroy shaharning markazida joylashgan boʻlib, chor atrofida koʻplab tarixiy yodagorliklar joy olgan. Mazkur karvonsaroy yaqinida bozor oʻrin olgan boʻlib, bu yer asosan shahar ichiga oʻtuvchi shuningdek, bozorga keluvchi karvonlar toʻxtaydigan joy vazifasini ham oʻtagan. Shuningdek, maʼlum muddat mehmonxona sifatida ham foydalanilganligi haqida maʼlumotlar mavjud.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koba karvon saroyi tarkibida Abdushukur ogʻaliq masjidi ham joylashgan. Choʻpkori imoratning berk xonaqosi, uch tomondan ayvon bilan oʻralgan. Mazkur ayvonlar tomi oʻn ikki ustun asosiga joylashtirgan.

Ayvon devorida kufiy xati asosida „Tayyiba“ kalimasi yozilgan. Bu bitiklar jigarrang boʻlib, ularning yuqoriroq qismida masjid qurilgan yillari: 1304-1886/1889 deb yozilgan[2].

Muhofazaga olinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligidan soʻng karvonsaroyda bir qator taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan. Karvonsaroy bugungi kunda ham oʻz faoliyatini yuritib kelmoqda. Karvonsaroy davlat yodgorliklarini saqlash roʻyxatiga ham kiritilgan.

Shuningdek, mazkur obyekt Shahrisabzdagi UNESCO Umuminsoniy qadriyatlar kitobiga kiritilgan yana bir qadimiy qadamjo hisoblanadi[3].

Boshqa nomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qamashi tumanida Koʻba nomli qishloq ham mavjud. Bu soʻz moʻgʻul tilida gobi — oʻti kamroq, toshli va qumli dala, dasht shuningdek maydoni choʻl boʻlgan hudud maʼnosini ham anglatadi. Ayni shunday hududda bunyod etilgani sababli ham qishloq nomi Koʻba deb ataladi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Koba eski karvon saroyi“. Qaraldi: 08-2023.
  2. F.Abduxoliqov; A.Razzoqov; K.Rahimov; A.Hakimov; B.Abduhalimov. O'zbekiston obidalaridagi bitiklar Qashqadaryo. Uzbekistan today, 2016-yil — 329 bet. ISBN 978-9943-4510-6-3. 
  3. „Qashqadaryo viloyati“. uzbekistan.travel.uz. Qaraldi: 08-2023.
  4. Nafasov, To'ra. Qashqadaryo qishloqnomasi. Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 148 bet. ISBN 978-9943-354-60-9.