Kleopatra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kleopatra (yun. Kleopatra) (mil. av. 69 — Iskandariya — mil. av. 30) — Misrning ptolemeylar sulolasidan boʻlgan soʻnggi podshohi, Ptolemey XI ning qizi. K. oʻz ukasi Ptolemey XII Dionisga turmushga chiqib, u bilan birgalikda davlatni idora qila boshlagan (51 y.dan) boʻlsada, yakka oʻzi taxtga egalik qilish uchun zimdan kurash olib borgan, niyati fosh boʻlgach, Suriyaga surgun qilingan (48 y.). Ammo, K.ning bilimdonligi, aqlzakovatiga maftun boʻlib qolgan Yuliy Sezar 47 y. uni Misrga qaytargan (K. undan Sezarion ismli oʻgʻil koʻrgan). Sezar oʻldirilgach, K. Mark Antoniyning ittifoqchisi va maʼshuqasi (37 y.dan xotini) boʻlgan. 31 y. Oktavian (q. Avgust) qoʻshinlari Misrni zabt etgach, Antoniy va K. oʻzlarini oʻldirishgan. Naqlga koʻra, ugla davrdagi misrliklar eʼtiqodiga asosan abadiy barhayotlikka erishmoq uchun oʻzini zaharli ilonga chaqtirgan.

K. timsoli Gʻarb (U. Shekspir, B. Shou, D. Tyepolo, P. Rubens va b.) hamda Sharq (A. Shavqiy va b.) adib, shoir, dramaturg , rassom va haykaltaroshlari asarlarida aks etgan, unga bagʻishlab filmlar yaratilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil