Julius Caesar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Julius Caesar
Giulio-cesare-enhanced 1-800x1450.jpg
Rim respublikasining diktatori
Hukmronligining boshlanishi: oktabr, mil. avv. 49-yil
Hukmronligining tugashi: 15-mart, mil. avv. 44-yil
Oʻtmishdosh: yoʻq
Tugʻilgan sanasi: mil. avv. 102-yil yoki mil. avv. 100-yil
Tugʻilgan joyi: Rim
Vafot sanasi: 15-mart, mil. avv. 44-yil
Vafot joyi: Rim
Turmush oʻrtogʻi: 1. Cornelia Cinna minor
(mil. avv. 83-yil - mil. avv. 69-yil)
2. Pompeia Sulla
(mil. avv. 68-yil - mil. avv. 62-yil)
3. Calpurnia Pisonis
(mil. avv. 59-yil - mil. avv. 44-yil)
Otasi: Gaius Julius Caesar

Gaius Julius Caesar (lot. Imperator Gaius Iulius CaesarImperator Gay Yuliy Sezar (Gayus Yulius Kaysar)) (mil. avv. 102 yoki 100-yil — 15 mart mil. avv. 44-yil) — qadimiy rimlik davlat va siyosat arbobi, sarkarda, yozuvchi.

Sezar Gay Yuliy (mil. av. 102 yoki 100—44) - Rim diktatori (49, 48— 46, 45; 44 y.dan umrbod), sarkarda, yozuvchi. Siyosiy faoliyatini demokratik guruh tarafdori sifatida boshlab, harbiy tribun (73), edil (65), pretor (62) lavozimlarida boʻlgan. Konsullikka intilib, 60-yili Pompei va Krase bilan ittifoq tuzgan (1-triumvirat). Konsul (59), soʻngra Galliya noibi; 58— 51 y.larda butun Alp orti Galliyasini Rimga boʻysundirgan. Krase vafotidan keyin 48 y. armiyaga tayanib, yakka hokimlik uchun kurash boshlagan. Pompei va uning tarafdorlarini 49— 45 y.larda tormor qilib, hokimiyat tepasiga chiqqan. Uz qoʻlida respublikaning eng muhim lavozimlarini (diktator, konsul va b.) jamlab, amalda rasmiy monarx boʻlgan. Respublikachilar fitnasi natijasida oʻddirilgan. "Galliya urushi haqida xotiralar" va "Grajdanlar urushi haqida xotiralar" asarlari muallifi; kalendarni isloh qilgan (Yuliy kalendari).

Kirish[tahrir]

Galliya ustidan gʻalaba qozonib, Sezar Rim mamlakatini shimoliy Atlantika sohillarigacha kengaytiradi va Fransiyani Rim ta'siri ostiga oʻtkazadi, shuningdek, u Britan orollariga bostirib kiradi. Sezarning faoliyati Gʻarbiy Yevropaning madaniy va siyosiy qiyofasini butunlay oʻzgartirib yuboradi va yevropaliklarning keyingi bir necha avlodlari hayotida oʻchmas iz qoldiradi.

Gay Yuliy Sezar zoʻr harbiy strateg va taktik boʻlib, fuqarolar urushida gʻalaba qozonadi va Pax Romananing yagona hukmdoriga aylanadi. Gnaeus Pompeius (Gney Pompey) bilan bir qatorda y rim jamiyati va davlati islohotlarini boshlaydi, bu uning vafotidan keyin Rim imperiyasining barpo boʻlishiga olib keladi. Sezar respublika boshqaruvini markazlashtirmoqchi boʻladi. Yovuz tillar aytishardiki, u podshoh hukmronligiga intilardi. Ammo, Sezar dastlabki yetti podshohning yomon hotirasini eslab (ularni deb rimliklar monarhiyani chiqishtirmas edilar), boshqa yoʻl bilan boradi: umrbod diktator boʻlib qoladi. U oʻzini shunchaki - Sezar deb atashlarini hohlardi. Uning oʻldirilishi fuqarolar urushi qaytadan boshlanishiga, Rim respublikasiga yakun yasalishiga va u tomonidan asrab olingan Octavianus Augustus boshqaradigan imperiyaning tugʻilishiga olib keldi. Keyinroq koʻpgina monarhlar oʻzlarini afsonaviy Sezar bilan bogʻlamoqchi boʻladilar. Shu yoʻl bilan olm. Kaiser ("kayzer") va ruscha tsar soʻzlari kelib chiqqan.

Oilasi[tahrir]

Gay Yuliy Sezar Rimda, Yuliylar sulolasidan boʻlgan patritsiylar oilasida tavallud topgan.

Otasini Gay Yuliy Sezar oʻn olti yoshida yoʻqotadi; onasi bilan esa uning vafotiga qadar, mil. av. 54-yilgacha yaqin aloqada boʻladi.