Kattasoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kattasoy
Dukentsoy (oldinda) va Kattasoy irmogʻi (keyinda)
Dukentsoy (oldinda) va Kattasoy irmogʻi (keyinda)
Tavsif
Uzunligi 20
Davlat Oʻzbekiston
Kattasoy

Kattasoy (boshlanishida Oqsuv) — Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi soy. Dukantsoyning eng katta chap irmogʻi. Chatqol togʻ tizmasining janubiy yon bagʻirlaridagi (2000 m) buloqlardan boshlanadi. Uz. 20 km, havzasining maydon 86 km2, 46 ta kichik irmogʻi bor. K. yon bagʻirlari baland koʻtarilgan tor vodiyda, katta nishablikdagi serostona toshloq oʻzanda oqadi. Ancha sersuv, yillik oʻrtacha suv sarfi 1,0 — 1,5 m’/sek. K. bahorda toʻlib oqadi, yozning oxiri va kuz oylarida esa suvi kamayib ketadi. K.dan Yangiobod sh. suv oladi.shahar atrofidagi yerlar sugʻoriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil