Katalan tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Katalan (valensiyacha) tili
Milliy nomi: català [kətə'la], valencià [vəlen'sja]
Mamlakatlar: Ispaniya, Fransiya, Italiya, Andorra
Mintaqalar:
Rasmiylik holati: Andorra, Kataloniya, Balear orollari, Valensiya
Soʻzlashuvchilar umumiy soni: 9,9 mln. kishi; Kataloniya, Valensiya, Balearlar, Aragon, Mursia, Shimoliy Pireney, Algero shahri
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Yevrosiyo tillari
Alifbosi: lotin
Til kodlari
ISO 639-1 ca
ISO 639-2 cat
ISO 639-3 cat
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Katalan tili — roman tillarining iber-roman guruhiga mansub. Ispaniyaning Kataloniya, Valensiya muxtor viloyatlarida, Balear o.larida, Fransiyaning Russilon tarixiy viloyatida, Sharqiy Tereney departamentida, shuningdek, Andorra davlati hamda Sardiniya o. (Italiya)ning Algero shahrida tarqalgan. K.t.da taxm. 8 mln. dan ziyod kishi gaplashadi (1992). Ispaniya (ispan tili b-n bir qatorda), Andorra davlatlarining (ispan va fransuz tillari b-n bir qatorda) rasmiy tili. Sharqiy (barselon, balear, russimon, alger) va gʻarbiy (leridan, valensi) dialektlarga boʻlinadi. Fo-netikasida murakkab konsonantizm (undoshlar tizimi) hamda fonemalarning nutkda gʻoyat oʻzgaruvchanligi b-n ajralib turadi. Mazkur tilning leksikasi va sintaksisiga ispan tilining taʼsiri katta boʻlgan. K.t.ga oid yozma yodgorliklar 11 —12-a. larda paydo boʻlgan. 13-a. oʻrtalaridan adabiy K.t. shakllana boshlagan. Hoz. adabiy K.t. 19—20-a.larda shakllangan. Uning asoschisi 19-a.da yashab oʻtgan atoqli yozuvchi J. Verdager. Yozuvi lotin alifbosi asosida.[1]


Katalancha (valensiyacha) tili Hindyevropa tillari oilasining roman guruhining okstian-roman ostguruhiga mansub hisoblanadi. Bu tildan tahmiman 11 mln. kishi gapiradi, Ispaniyaning kataloniya yerlarida (Kataloniya, Valensiya, Balear orollari), Fransiyada (Shimoliy Pirenei), Andorra va Italiyada (Sardiniya orolidagi Algero shahri) bu til rivojlangan.
Yuqorida sanab o'tilgan Ispaniya provinsiyalarida va Andorrada bu til rasmiy til hisoblanadi.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil