Balear orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Balear orollari - Oʻrta dengizning gʻarbiy qismidagi orollar toʻdasi, Ispaniyaning Baleares muxtor viloyatini tashkil etadi. Ikkita katta orol — Malorka va Menorka o.lari hamda Pitius o.lari arxipelagidan iborat. Mayd. 5 ming km2. Aholisi 686 ming kishi (1992), aksariyati katalonlar. Maʼmuriy markazi — Palma-de-Malorka sh. Eng baland joyi 1445 m. Karst relyef shakllari keng tarqalgan. Iqlimi Oʻrta dengiz atrofiga xos iqlim. Yillik yogʻin 400 — 600 mm. Tosh dub, halab qaragʻayi va chakalakzorlar uchraydi. Aholisi subtropik dehqonchilik va baliq ovlash bilan shugʻullanadi. 15-a.

dan Ispaniya tarkibida. Menorka o.da aeroport va gʻarbiy dengiz bazasi bor. Turistlar koʻp keladi, iqlim kurortlari mavjud.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil