Just Fontaine
Just Fontaine (fransuzcha: Just Fontaine)—fransuz futbolchisi.1933-yil 18-avgustda Marokashning Marrakesh shahrida tugʻilgan,1958-yilda bir jahon chempionatida eng koʻp gol urish boʻyicha rekordchi-13 ta gol.
Justning otasi Normandiyalik fransuz, onasi esa ispan edi[1].
2013-yilda 80 yoshida Fontaine Faxriy legion ordeni ofitseri boʻldi [2].
Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fontaine oʻz faoliyatini tugʻilib oʻsgan shahri Marrakeshdagi havaskorlar klubida boshlagan.Keyin kuchliroq „USM Casablanca“ klubiga oʻtgan va u yerda 1950-yildan 1953-yilgacha oʻynagan.Keyingi uch mavsumdan soʻng u Fransiyaga oʻynash uchun ketdi.U „Nissa“ klubi Fontaine bilan birinchi mavsumda Fransiya kubogi, 1956-yilda esa chempionlikni qoʻlga kiritdi.Oʻsha yili u Raymond Kopa oʻrniga „Reyms“ga oʻtdi va olti mavsumda 121 ta gol urdi.Jami Fontaine 200 ta o‘yinda 165 ta gol urdi va to‘rt marta chempion bo‘ldi:1956,1958,1960,1962.
Fontainening Fransiya terma jamoasidagi debyuti 1953-yil 17-dekabrda Lyuksemburgga qarshi oʻyinda (8:0) boʻlib oʻtdi.U oʻsha oʻyinda xet-trik qayd etdi.Milliy terma jamoada oʻynagan yetti yil davomida Fontaine 21 oʻyinda maydonga tushib,30 gol urgan. Terma jamoa uchun so‘nggi o‘yini 1960-yilning 11-dekabrida Bolgariya bilan o‘tkazilgan (3:0).
Fontaine faoliyatini yakunlaganidan keyin 1967-yilda Fransiya terma jamoasida murabbiy sifatida ishlagan.Biroq bor-yo‘g‘i ikkita o‘yin uchun-ikkalasi ham o‘rtoqlik, ham „uch rangli“ning mag‘lubiyati bilan yakunlangan.Fransiyaning bir necha klublari va Marokash terma jamoasini ham boshqargan.
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Fransiya chempioni-1956,1958, 1960,1962
- Fransiya kubogi sohibi-1954,1958
- Yevropa chempionlar kubogi finalchisi-1959
- Fransiya chempionatining eng yaxshi toʻpurari-1958,1960
- Yevropa chempionlar kubogi toʻpurari-1959
- Jahon chempionatining eng yaxshi toʻpurari-1958
- Yevropa chempionati saralash baxslarining eng yaxshi toʻpurari-1959 (5 gol)
- Bir chempionatdagi gollar soni boʻyicha jahon chempionatlarining rekordchisi-13 ta gol
- Jahon chempionatidagi gollar soni boʻyicha Fransiya terma jamoasining rekordchisi-13 ta gol
- FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan
- Faxriy legion ordeni bilan taqdirlangan
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Just Fontaine: for the record“. 2014-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-iyul.
- ↑ Rekordsmen po chislu golov na odnom ChM Fonten poluchil orden Pochyotnogo legiona