Johan Neeskens

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Johannes (Johan) Jacobus Neeskens[1](niderlandcha: Johannes "Johan" Jacobus Neeskens)—gollandiyalik futbolchi va murabbiy.1951-yil 15-sentyabrda Xemstedda tugʻilgan.Yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joxan Neeskens Xemstedda (Shimoliy Niderlandiya) tugʻilgan.Joxan oʻz faoliyatini 1968-yilda mahalliy „RKH“ klubida boshlagan.1970-yilda 19 yoshli NeEskens „Ayaks“ bilan shartnoma imzoladi va oʻsha paytdagi bosh murabbiy Rinus Mixels yosh oʻng qanot himoyachisining oʻyinidan hayratda qoldi.Darhol asosiy jamoaning oʻyinchisiga aylangan Neeskens finalda „Panatinaikos“ni magʻlub etib, 1971-yilgi Yevropa Chempionlar kubogini qoʻlga kiritdi. 1971/72-yilgi mavsumda Neeskens Yoxan Kroyffni qoʻllab-quvvatlab, markaziy yarim himoyachi rolini oʻynadi.1974-yilda Neeskens hujumchi sifatida „Barselona“ga ketdi.Undan oldin „Barselona“ga Joxan Kroyff „Ayaks“ bosh murabbiyi Rinus Mishels tomonidan joʻnatilgan edi.Bitta Joxan allaqachon „Barsa“da oʻynaganligi sababli, muxlislar Neeskensni darhol „Joxan ikkinchi“ deb atashdi.

Oʻshanda „Barselona“ ichki chempionatda "Real" va "Atletiko Madrid" soyasida qolib ketgan edi.Yevropada ham muvaffaqiyatsiz oʻynardi."Barselona" bilan Joxan faqat 1978-yilgi Ispaniya kubogida gʻalaba qozondi va UEFA Kubok egalari kubogi finalida Germaniyaning „Fortuna“ klubini magʻlub etishdi (asosiy vaqtda 2:2,4:3).1979-yilda Joxan Nyu-Yorkdagi amerikaliklarning „Cosmos“ klubi taklifini qabul qildi.Neeskens „Cosmos“da 5 yil davomida Frans Bekkenbauer,Karlos Alberto,Vladislav Bogichevich va boshqalar bilan oʻynashga muvaffaq boʻldi.1980-yilda Joxan AQSH chempioni boʻldi.Faoliyatini yakunlagan Neeskens Gollandiyaning „Groningen“ (1984-1985),Amerikaning „Minnesota Strikers“ (1985) va „Fort-Loderdeyl“ (1986), Shveytsariyaning „Levenbrau“ (1986-1987),''Bar" (1987-1990) va „Zug“ klublarida ham oʻynagan.1991-yil oxirida Joxan futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Neeskens Gollandiya terma jamoasi safida 49 ta o‘yin o‘tkazib,17 ta gol urgan.Bundan tashqari Neskens 25 yoshga to‘lgunga qadar milliy terma jamoadagi dastlabki 31 ta o‘yinda barcha 17 ta golni urgan.1976-1981-yillarda esa so‘nggi 18 ta o‘yinda u hech qachon gol urmagan.Uning debyuti Sharqiy Germaniyaga qarshi oʻyinda boʻldi. Neeskens 1974 va 1978-yilgi jahon chempionatlarida yarim himoya markazida muhim rol oʻynagan.Aynan Neeskens Gʻarbiy Germaniyaga qarshi 1974-yilgi jahon chempionatining soʻnggi oʻyinida 2-daqiqada penaltidan gol urib hisobni ochgan edi.Ammo yakunda gʻarbiy nemislar Pol Breytner va Gerd Myullerning gollari evaziga gʻalaba qozonishdi.

Oradan to‘rt yil o‘tib Neeskens hamon Gollandiya terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biri edi.Qovurgʻasi shikastlangan (Joxan shotlandlar bilan oʻyinda jarohat olgan) Neeskens terma jamoa bilan yana JCh-1978 finaliga chiqdi.Ammo gollandlar yana magʻlub boʻlishdi, bu safar Argentinaga qoʻshimcha boʻlimda 1:3 hisobida magʻlub boʻlishdi.1979-yil may oyidan boshlab, oʻsha paytda Amerika klubida oʻynagan Neeskens deyarli 2,5 yil milliy terma jamoada oʻynamadi, lekin 1981-yilning kuzida ikkita oʻyinga chaqirildi.1981-yil noyabr oyida 30 yoshida Joxan oʻzining terma jamoadagi soʻnggi oʻyinini oʻtkazdi.1982-yilgi Jahon chempionati saralash musobaqasining hal qiluvchi oʻyinida Gollandiya Parijda fransuzlarga 0:2 hisobida magʻlub boʻldi va final bosqichiga chiqa olmadi.Ispaniyadagi jahon chempionati saralash guruhida Belgiya,Fransiya va Irlandiyadan keyin 4-oʻrinni egalladi.

Neeskens 2004-yil 4-martda braziliyalik Pele tomonidan eʼlon qilingan 125 tirik eng yaxshi futbolchi roʻyxatiga kiritilgan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gus Xiddinkning iltimosiga koʻra Neeskens Frank Raykard va Ronald Kuman bilan birga 1998-yilgi Jahon chempionati saralash musobaqasi va jahon chempionatining oʻzida Gollandiya terma jamoasida yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan.Xiddink terma jamoani tark etgach Neeskens ham xuddi shunday ishni bajardi, ammo Frank Raykard bosh murabbiy sifatida 2000-yilgacha qoldi.Terma jamoani tark etgach Joxan „Neymegen“ bosh murabbiyi boʻldi, biroq 2004-yilda milliy chempionatdagi yomon natijalar uchun ishdan boʻshatildi.

2005-yil dekabr oyida Neeskens Guus Xiddink boshqargan Avstraliya terma jamoasining yordamchi murabbiyi etib tayinlandi.2006-yilgi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli oʻyindan soʻng,Joxan „Barselona“ga qaytdi.U bilan uch yillik shartnoma imzolanishi kerak edi."Barselona"ga Neeskens klubning texnik shtab-kvartirasidagi Henk ten Keytni oʻrniga kelishi kerak edi."Barselona"da ishlash uchun Neeskens Guus Xiddinkning Rossiya terma jamoasi shtab- kvartirasida ishlash taklifini rad etdi[2].2008-yil 8-mayda ikki halokatli mavsumdan soʻng „Barselona“ prezidenti Joan Laporta Neskens (shuningdek Raykard ham) 2007/2008-yilgi mavsum oxirida „Barselona“ni tark etishini eʼlon qildi.

2011-yil 28-iyunda u Janubiy Afrikaning „Mamelodi Sandaunz“ klubi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlandi[3].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niderlandiya terma jamoasida
"Ayaks"
"Barselona"
AQSH bayrogʻi "Nyu-York Kosmos"

Shaxsiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. V nekotorix russkoyazichnix istochnikax ego familiya ukazivaetsya kak Neeskens.
  2. I. Ya. Rabiner. Dik Advokat i Gus Xiddink. Neveroyatnie priklyucheniya gollandsev v Rossii. — M.: Astrel, 2012. — 512 s. — 4000 ekz. — ISBN 978-5-271-42533-2.
  3. „Neeskens named as Head Coach“ (en). Official site of Mamelodi Sundowns FC (2011-yil 28-iyun). 2012-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]