Janubiy okean

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Janubiy okean - Dunyo okeani (Atlantika, Hind, Tinch okeanlari)ning Antarktidani oʻrab turgan qismining shartli nomi. Dastlab golland geografi B. Varenius 1650 y.da mustaqil okean sifatida ajratgan. Okeanning chegarasi Jan. Amerika, Afrika, Avstraliya materiklarining va Tasmaniya hamda Yangi Zelandiya o.larining jan. chekkalari orqali oʻtkazilgan shartli chiziq va jan. qutbiy doyra, 35—60° j. k.lar orqali oʻtkazilgan. Antarktika atlasida J. o.ning shartli chegarasi qilib Antarktika konvergensiya zonasi (55° j. k. yaqinida) hisoblanadi. J. o.ni alohida okean qilib ajratishda iqlimning sovuqligi, gidrologik sharoitlar asos qilib olingan. Ammo keyingi tadqiqotlar natijasida J. o.ning Atlantika, Tinch va Hind okeanlarga yondosh sektorlarida uning iqlimiy va gidrologik sharoitlari oʻsha okeanlarnikiga oʻxshashligi maʼlum boʻldi. Dengizchilik amaliyotida J. o. termini qoʻllanilmaydi, chunki dengizchilikka oid oʻquv qoʻllanmalarida bu tushuncha uchramaydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil