Jaloyir jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Jaloyir jome masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Karmana tumani
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Sobir xo‘ja
Soʻngi imom Abdulvohid Haydarxon o’g’li
Maqomi Faoliyat ko'rsatmoqda
Qurilish materiali Pishiq g'isht

Jaloyir jome masjidi — Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan masjid[1]. Jaloyir jome masjidining bosh imom xatibi — Abdulvohid Haydarxon oʻgʻli.

Masjid Karmana tumanining Jaloyir qishlogʻi hududida joylashgan.

Masjid geografik jihatdan qulay, mustahkam qilib barpo etilgan. Devorlari ikki qator choʻpdan terilib suvalgan, ichki qismida toʻrt ustun, tashqi ayvoni esa 12 ustundan iborat. Obyektning kki deraza va toʻrt eshigi bor. Masjidning Jaloyir deb nomlanishi, shu qishloqda eskidan jaloyir tepaligi, jaloyir arigʻi boʻlgani bilan bogʻliq boʻlishi mumkin degan taxminlar bor. Masjid Sobir xoʻja avliyo tomonidan bunyod etilgan. A.Xotamov, Sh. Xalilovlarning „Yillar sadosi(Karmana tarixi)“ asarida Sobir xoʻja avliyo haqida baʼzi maʼlumotlar uchraydi. Karmanada yashagan Sobir xoʻja mashhur Xoʻja Is’hoq tarbiyasini olganligi, el-yurt orasida islom taʼlimoti borasida zabardast olimlar qatorida turishi haqida soʻz boradi. Sobir xoʻja yigitlik chogʻida otasi Amir Vohidning bilan birga Makka va Madinaga haj safariga borib 25 yil davomida Xudoga ibodat qilgan ekan, keyinchalik moʻmin-musulmonlarga hadis ilmidan taʼlim bergan. Yetuk din arbobi boʻlib yetishgach Mavorounnahrga ustozi Xoʻja Isgʻoq huzuriga qaytgan. Ustozidan yana tahsil olishni davom ettirgan. Shayx Sobir Xoʻja hijriy 1042—1043-yillarda Jaloyirga kelib islom dini va dunyoviy ilmlardan taʼlim bergan. Soʻngra Jaloyir jome masjidini qurishga kirishgan degan taxminlar bor. Masjidning qurilishi uchun kerak boʻlgan yogʻoch materiallar Samarqand, Xatirchi tomonlardan olingan. Hozirgidek transport vositalari yoq’ligi uchun ularni oʻsha vaqtdagi sersuv Qasaba kanali orqali suv yuzida oqizib olib kelganlar va quritib ishlatganlar. Shayx Sobir Xoʻja hijriy 1051-yilda vafot etgan va Jaloyir masjidi oldidagi hozirgi Sobir Xoʻja qabristoniga dafn qilingan. Yoshi ulugʻlarning aytishiga qaraganda, masjidda yetti hujra, tahoratxona, bitta ombor va hisobida ikki gektar vaqf yeri boʻlgan. Chor hukumati va undan keyingi SSSR davrida hujralar buzilib ularning materiallaridan maktab qurilishida foydalanish uchun olib ketilgan. Masjidning oʻzi esa paxta quritadigan, mineral oʻgʻitlar saqlanadigan omborxonaga aylantirilgan. 1970—1971-yillarda masjid yerlari paxta maydoniga qoʻshib yuborilgan. Masjidni buzishmoqchi boʻlishganda bir qancha keksa eshonlar oraga tushib uni buzilishiga qarshilik qilganlar[2].

Masjid 1995-yilda Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Navoiy viloyati“. Qaraldi: 31-iyul 2023-yil.
  2. „Жалойир жоме масжиди“. Qaraldi: 31-iyul 2023-yil.