Iosef Yusupov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iosef Yusupov 2014-yilgi Olimpiadaning ochilish marosimi uchun XX asr avangard modeli ustida ishlamoqda

Iosef Yusupov - amerikalik dekor dizayneri[1] 2014-yil Rossiyaning Sochi shahrida bo'lib o'tgan Qishki Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimida Jorj Tsipin ijodiy jamoasining sahna dizaynerlarining asosoiy javobgar ishchisi edi[2]. Hozirda Qo'shma Shtatlarda istiqomat qiladi. U Nyu-York shahrida ko'plab shoular uchun saxna dizaynini (spektakllar, operalar va televidenie) yaratgan va sahna rassomi sifatida kinofilmlarda ham ishlagan[1]. Uning qurgan to'plamlari 2D material bilan 3D illyuziyani yaratadi va shu bilan ko'pchilikning e'tiboriga tushdi[3].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yusupov Marokashda tug'ilgan ravvin Yosef ben Moshe Mammon (Maymon) Maravining avlodi Ifraim Koen-Yusupovning O'zbekistonning Samarqand shahrida tug'ilgan besh farzandining to'ng'ich o'g'li edi[4]. Yusupov Sankt-Peterburg teatr, musiqa va kinematografiya institutini tamomlagandan so'ng, Rossiya va Sharqiy Yevropada to'plamlar dizayni bilan shug'ullanadi va turli xalqaro musobaqalarda qatnashib ko'plab mukofotlar olgan. Tojik Laxuti nomidagi akademik drama teatrida “Edip Reks” asarini yaratishda yordam bergani uchun sanʼat boʻyicha SSSR Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. Qo'shma Shtatlarga ko'chib o'tganida, Jorj Tsipin bilan uchrashgan va 1990-yildan boshlab unga yordamchisi bo'lib ishlagan. Yusupov rejissyorlardan Yefim Mayzel[5], Rosemary Andress[6] va Endryu Pol kabi mashxur kishilar bilan ham ishlagan[7].

Teatr spektakllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Boshsuyagidagi kalamush Ron Xatchinson - Set dizayneri. 1991-yil 29-oktyabr. Repertopy Theatre Co, NY[8].
  • Aka-uka Grimmlar tomonidan Hansel va Gretel - Set dizayneri. 1991-yil 8-noyabr. Parkdagi Queens teatri, NY[9].
  • Beverli Teylor tomonidan Shpinnen un Shpinnen - Set dizayneri. 1995-yil 12-iyun. Yangi shahar teatri, NYC[10].
  • Xonanda Ilyos Mallaeva - Dizayner. 2003-yil 9-fevral. Parkdagi Queens teatri, NY[11].
  • Uilyam Shekspir tomonidan Yuliy Tsezar - Set dizayneri. 2007-yil 23-aprel. Stiven Foster memorialidagi Pitsburg Irlandiya va Klassik teatri, Oklend, Pensilvaniya[3].
  • Point Parkning "Qor malikasi" filmi Xans Kristian Andersen - o'rnatish dizayneri. 2008-yil 28-dekabr. Pitsburg Playhouse, Oklend, Pensilvanya[12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Tsypin, George. George Tsypin opera factory: Building in the black void. Princeton, NJ: Princeton Architectural Press, 2005 — 223 bet. ISBN 978-1568985329. 
  2. Miller, Beverly. USA 829 Newsletter. UNITED SCENIC ARTISTS • Local USA 829 • IATSE • VOLUME 15 • ISSUE 3 (2014-yil 1-mart).
  3. 3,0 3,1 Rawson. „Stage Review: PICT praises 'Julius Caesar' on grand scale“. Pittsburgh Post-Gazette. Pittsburgh Post-Gazette (2007-yil 17-aprel). Qaraldi: 2014-yil 15-dekabr.
  4. White, Natalia. „Iosef yusupov - The creator of his own worlds“. Bukharin Times (2014-yil 31-oktyabr). 2014-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-dekabr.
  5. „Verdi’s "La Traviata"“ (2009-yil 3-may). Qaraldi: 2014-yil 22-dekabr.
  6. „Machinal“ (2008-yil 1-fevral). Qaraldi: 2014-yil 22-dekabr.
  7. „Stage Review: PICT praises 'Julius Caesar' on grand scale“. Pittsburgh Post-Gazette (2014-yil 17-aprel). Qaraldi: 2014-yil 22-dekabr.
  8. Hutchinson, Ron. Rat in the Skull. Repertopy Theater Co, New York. Rat in the Skull by Ron Hutchinson. Show Newspaper. (1991-yil 1-oktyabr).
  9. Grimm, Brothers. Hansel and Gretel. Queens Theater in the Park, New York. Hansel and Gretel by Brothers Grimm. Playbill. (1991-yil 1-noyabr).
  10. Taylor, Beverly. Shpinnen un Shpinnen. Theater for the New City, NYC. Shpinnen un Shpinnen by Beverly Taylor. Playbill. (1995-yil 1-iyun).
  11. Mallaeva, Ilyas. „The Singer of His Majesty“. Queens Theater in the Park, New York. The Singer of His Majesty by Ilyas Mallaeva. Show Newspaper. (2003-yil 1-fevral).
  12. Sucato. „Point Park's The Snow Queen gives a fairy tale a modern (and modern-dance) spin.“. Dance + Live PerformancePittsburgh City Paper. Pittsburgh City Paper (2011-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 15-dekabr.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]