Inoyat Turopov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Inoyat Turopov
Tavalludi 1932-yil
Vafoti nomʼalum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Partiyasi KPSS
Unvoni
Mukofotlari

Inoyat Turopov (1932-yil, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR – vafot sanasi nomaʼlum, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) – sovet jamoat, davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Kattaqoʻrgʻon tumani qoʻmitasining birinchi kotibi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni[1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inoyat Turopov 1932-yilda Samarqand viloyati hududida tugʻilgan[1]. Millati oʻzbek. Samarqand qishloq xoʻjalik institutini tugatgach, 1954-yilda mashina-traktor stansiyasida agronom, soʻngra Buxoro viloyati, Buxoro tumani Oxunboboyev nomidagi kolxoz raisi, Karl Marks nomidagi kolxozning bosh agronomi, 1963–1973-yillarda Samarqand viloyati, Narpay tumanidagi „Ittifoq“ kolxozi raisi boʻlib ishlagan. Shu mehnat faoliyati davrida toʻrt marta turli ordenlar, jumladan, „Ittifoq“ kolxozi paxtakorlarining 8-besh yillik (1966–1970)dagi samarali mehnati uchun Lenin ordeni bilan taqdirlangan. 1973-yilda Inoyat Turopov Oʻzbekiston Kompartiyasi Kattaqoʻrgʻon tumani qoʻmitasining birinchi kotibi etib saylangan[1]. 1976-yilda tumanda paxtadan rekord darajada yuqori hosil olingani uchun tuman partiya tashkiloti rahbari Inoyat Turopov ikkinchi marotaba Lenin ordeni bilan taqdirlangan. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1981-yil 26-fevraldagi farmoni bilan 1980-yilda rekord darajadagi 6 million 237 ming tonna paxta, gʻalla va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va davlatga sotishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar uchun Inoyat Turopov Lenin ordeni va „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medali, Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[1]. Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 9 va 10-chaqiriqlari (1975–1985) deputati etib saylangan[2]. Vafot sanasi nomaʼlum.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

3 marotaba Lenin ordeni (1971-yil 4-avgust; 1976-yil 25-dekabr; 1981-yil 26-fevral), Oktyabr Inqilobi ordeni (1973-yil 12-oktyabr), Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1965-yil 3-yanvar), „Hurmat Belgisi“ ordeni (1957-yil 1-noyabr) hamda bir qator medallar bilan mukofotlangan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Сергей Кузоватов. „Турапов Иноят“ (rus tilida). 2023-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.
  2. „Депутаты Верховного Совета Узбекской ССР X-го созыва (1980 - 1985)“ (rus tilida). 2023-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-sentyabr.